Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi

Prezident Samarqanddagi bunyodkorlikni ko‘zdan kechirdi


Oliy darajadagi tashriflar, xalqaro sammitlarning viloyatlarda o‘tishi mamlakat rivojini ko‘rsatuvchi jihatlardan biri. Hududlar kompleks rivojlantirilayotgani natijasida so‘nggi yillarda bunday yirik tadbirlar turli shaharlarimizda o‘tkazilmoqda. 

Yaqin oylarda Samarqandda bir nechta xalqaro darajadagi tadbirlar bo‘lib o‘tadi. Ayni paytda ushbu anjumanlarga katta tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Davlatimiz rahbari viloyatga tashrifi chog‘ida ushbu jarayonni ko‘zdan kechirdi.

Samarqand shahrida XIX asr oxiri - XX asr boshlariga oid obidalar ko‘p. Alisher Navoiy hamda Shohruh ko‘chalaridagi shunday tarixiy binolarda millatlararo do‘stlik va xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikka bag‘ishlangan muzeylar tashkil etish rejalashtirilgan.

Prezidentimiz bu rejalarni ma’qullab, muzeylarni mazmunan boyitish, hamkor mamlakatlar bilan yaqin munosabatlarni namoyon etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Kecha, 23-avgust kuni Samarqand tumanida “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turizm markazi ochilgan edi. Bu majmua yirik xalqaro anjumanlarga mezbonlik qiladi.

Davlatimiz rahbari bu yerdagi Kongress xoll va mehmonxonalarda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Mehmonxonalarning ikkitasi 5 yulduzli va oltitasi 4 yulduzlidir. Kongress xollning umumiy maydoni qariyb 6 ming kvadrat metr. U 3 ming 500 kishini qabul qilish quvvatiga ega. Anjumanlar vaqtida ishlarni samarali muvofiqlashtirish uchun situatsion markaz ham tashkil etilgan.

Prezidentimiz bu yerda xorijiy delegatsiyalar, ikki tomonlama uchrashuvlar uchun qulayliklarni oshirish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Shu bilan davlatimiz rahbarining Samarqand viloyatiga tashrifi yakunlandi, Prezident Toshkentga qaytib keldi.



  ...