Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi

O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari ikki tomonlama va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qildilar


22-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Ikki tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash, bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlarni hisobga olib mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Joriy yil sentabr oyi o‘rtasida Samarqand shahrida o‘tkaziladigan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi doirasidagi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazishga alohida e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda qo‘shma loyiha va dasturlarni ilgari surishning amaliy jihatlarini muhokama qildilar.

Hukumatlar va idoralar darajasidagi faol aloqalar va almashinuvlarni davom ettirish muhimligi qayd etildi.

Ikki mamlakat yetakchilari O‘zbekiston va Rossiya hududlari o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishni qo‘llab-quvvatladilar. Shu munosabat bilan joriy yilning kuzida mamlakatimizda Hududlararo forumning o‘tkazilishiga muhim ahamiyat berilmoqda.



  ...