Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi

Imzolangan hujjatlar ko‘p qirrali O‘zbekiston-Turkmaniston munosabatlari yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi


“Ko‘ksaroy” qarorgohida o‘tgan oliy darajadagi O‘zbekiston-Turkmaniston muzokaralari yakunida hujjatlarni imzolash marosimi bo‘ldi.

Shavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhamedov Qo‘shma bayonot imzoladilar. Unda erishilgan asosiy kelishuvlar mustahkamlab qo‘yilgan hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali o‘zaro manfaatli hamkorlik va strategik sheriklikni yanada kengaytirish va mustahkamlash bo‘yicha uzoq muddatli vazifalar belgilangan.

Davlat rahbarlari huzurida ikki mamlakat vazirlik va idoralari rahbarlari tomonidan bitimlar imzolandi. Jami 19 ta hujjatga imzo chekildi, shular jumlasidan:

- Transport-tranzit sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida bitim;

- Turizm sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;

- Amudaryo suv resurslarini boshqarish, muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish to‘g‘risida bitim;

- Tashabbusli ilmiy-tadqiqot loyihalarining qo‘shma tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida bitim;

- 2022-2025-yillarga mo‘ljallangan savdo-iqtisodiy hamkorlik va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish dasturi;

- 2022-2024-yillarga mo‘ljallangan ilmiy-texnik hamkorlik to‘g‘risida dastur;

- 2023-2024-yillarga mo‘ljallangan tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik dasturi;

- O‘zbekiston-Turkmaniston chegaraoldi savdo zonasi – Savdo markazini tashkil etish va faoliyatini tartibga solish to‘g‘risidagi Hukumatlararo bitim qoidalarining amaliy ijrosini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi.

Shuningdek, kimyo tarmog‘i, bojxona, temir yo‘llar, muzeylar, adliya, yoshlarga doir siyosat, teleradioeshittirish va boshqa sohalardagi hamkorlik yuzasidan qator hujjatlar imzolandi.



  ...