– Men o‘zbek ekanligimdan juda faxrlanaman va Prezidentimizning konstitutsiyaviy islohotlarga oid yangi tashabbusini qo‘llab-quvvatlayman.
“Hayot – kurash, raqobat. Bu kurashda kim kuchli bo‘ladi? Aqlli, bilimli, mehnat qilgan. Bugun yoshlar davlatimizning eʼtiborini his etishi, ko‘p o‘qib, kun sayin bilimini oshirib, rivojlanishda davom etishi kerak”, - dedi davlatimiz rahbari.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev taʼkidlaganidek, Asosiy qonunimizning 12-moddasida hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emasligi qayd etilgan. Bu – o‘ta muhim va juda to‘g‘ri belgilangan konstitutsiyaviy qoidadir. Chunki har qanday siyosiy partiyaning mafkurasi, u qanchalik obro‘li va taʼsirli partiya bo‘lmasin, faqat muayyan ijtimoiy guruh manfaatlarini ifoda etadi. Chinakam xalq mafkurasini, millatning eng muqaddas orzu-intilishlarini faqat uning Bosh hujjati – Konstitutsiyasida to‘liq ifoda etish mumkin. Yangilangan Konstitutsiya mamlakatimizning uzoq muddatli taraqqiyot strategiyalari, umuman, yurtimiz va xalqimizning ertangi farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos hamda ishonchli kafolat yaratishi lozim.
Bir so‘z bilan aytganda, “Inson qadri uchun” g‘oyasini hamda hozirgi islohotlarimizning bosh tamoyili bo‘lgan “Inson – jamiyat – davlat” degan yondashuvni Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyatiga chuqur singdirib, amaliy hayotimizda bosh qadriyatga aylantirishimiz zarur. Yaʼni inson qadri, shaʼni va g‘ururi bundan buyon barcha sohalarda birinchi o‘rinda turishi kerak.