–O‘zbekiston Konstitutsiyasi bo‘yicha o‘tkazilayotgan islohotlar mamlakatimizning va millatimizning kelajak taqdirini belgilashda o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bunday o‘zgarishlarni davr talabi deb hisoblayman. Bosh qomusimizga kiritilayotgan har bir o‘zgartirish va qo‘shimchalar davlatchiligimiz istiqboli uchun birlamchi ehtiyojlardandir.
Xususan, muhokamadagi qonun loyihasida nazarda tutilgan xususiy mulk dahlsizligining konstitutsiyaviy kafolatlanishi – fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevori sifatida xizmat qilishi shubhasiz.
Dunyo globallashuvi jarayonida inson qadrini ulug‘lash kabi oliy qadriyatlarni asosiy qonunga kiritilishi, millatning huquqiy ongini yana-da yuksalishiga katta turtki berishiga aminman.
Men o‘z kasbiy tajribamdan kelib chiqqan holda, hozirgi kunda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarni jonajon Vatanimiz ravnaqi yo‘lida amalga oshiralayotgan tarixiy voqelik sifatida to‘liq qo‘llab-quvvatlayman.