Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi

Rishton Xalqaro kulolchilik forumiga tayyorgarlik ko‘rmoqda


Joriy yil sentyabr oyida Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida Xalqaro kulolchilik forumi va kulolchilik mahsulotlari ko‘rgazma-savdosi bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Turizm va madaniy meros vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, forumning maqsadi jahon iqtisodiyotida muhim tarmoq hisoblangan hunarmandchilikni keng targ‘ib qilish, hunarmandchilikning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan kulolchilik an'analari va maktablarini saqlash, sohadagi ilmiy izlanishlar ko‘lamini kengaytirish, o‘zaro tajriba almashish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va iqtidorli hunarmandlarni rag‘batlantirishdan iboratdir.

Xalqaro kulolchilik forumi va kulolchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi doirasida “An'anaviy kulolchilikni saqlash va uni rivojlantirish: muammo va yechimlar” ilmiy-amaliy konferensiyasi, kulolchilik mahsulotlari ko‘rik-tanlovi, xorijiy va mahalliy ustalari mahorat darslari, xalq sayillari, konsert dasturlari, ko‘rgazmalar, kulolchilikka oid badiiy va hujjatli filmlar namoyishlari, ustaxonalarga ekskursiyalar va boshqa ko‘plab tadbirlar o‘tkaziladi.

Forum yakuniga ko‘ra, g‘olib va sovrindorlar taqdirlanadi.



  ...