O'zbekistonning Tokiodagi Elchixonasining konsullik bo'limi tomonidan Elchixonada doimiy yoki vaqtincha ro’yxatdan o'tgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasporti, biometrik pasporti yoki nobiometrik pasporti yo'qolgan taqdirda xorijga chiqish biometrik pasportini beradi.
Elchixonaning konsullik bo'limida doimiy yoki vaqtincha ro’yxatdan o'tgan O'zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti yo'qolgan taqdirda, Elchixonaga shaxsan suhbatdan o’tish uchun murojaat qiladi va shaxsini tasdiqlash bo’yicha hujjatlarni taqdim etadi. Mazkur hujjatlar O'zbekiston Respublikasi vakolatli idoralari bilan kelishish uchun O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamentiga yuboriladi.
Agar yo’qotilgan xorijga chiqish biometrik pasporti, biometrik pasporti yoki nobiometrik pasporti O'zbekistonning Tokiodagi Elchixonasi tomonidan berilgan bo’lsa, bu holatda shaxsni tasdiqlash uchun hujjatlar O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamentiga yuborilmaydi. Bunday holda, yangi pasport olish uchun hujjatlar tayyorlanadi. Biroq, hujjatlar ro'yxatiga qo’shimcha ravishda politsiyadan pasport yo'qolganligi to'g'risidagi olingan ma’lumotnoma qo'shilishi kerak.
Arizachining shaxsini tasdiqlash uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:
1. Shaxsni tasdiqlash uchun anketa-ariza 2-nusxada (people.mfa.uz). Har bir ustundagi tafsilotlar to'liq to'ldirilgan ariza haqiqiy deb hisoblanadi.
2. Agar mavjud bo'lsa, pasport nusxasi.
3. Politsiyadan pasport yo'qolganligi to'g'risidagi ma’lumotnoma.
4. 3,5 x 4,5 sm o'lchamdagi fotosurat (2 dona).
5. Konsullik yig'imi to'langanligi to'g'risida kvitansiya - 6000 yen;
Agar ariza beruvchi pasportni yo'qotishdan oldin Elchixonada vaqtincha konsullik ro'yxatidan o'tmagan bo'lsa, u holda O'zbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasini olish uchun hujjatlarni taqdim etadi.