Yaponiyada vaqtinch istiqomat qilayotgan va Elchixonaning vaqtincha konsullik ro’yxatidan o’tgan fuqarolarga xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun quyidagi hujjatlarni Elchixonaning konsullik bo'limiga taqdim etish kerak:
1. Xorijga chiqish biometrik pasportini berish to'g'risidagi ANKETA-ariza (people.mfa.uz).
(Har bir ustundagi tafsilotlar to'liq to'ldirilgan ariza haqiqiy deb hisoblanadi).
2. Pasportning asl nusxasi (biometrik bo'lmagan, biometrik va/yoki xorijga chiqish biometrik) va barcha sahifalardan nusxa. A4 formatdagi varaqning bitta sahifasida 2 sahifani tushirish mumkin.
3. 3,5 x 4,5 sm o'lchamdagi fotosurat (1 dona).
4. Xorijga chiqish maqsadidan kelib chiqib, qo'shimcha quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
a) xizmat safarida bo’lsa:
- chet elga chiqish to'g'risidagi buyruq yoki guvohnoma nusxasi;
b) tahsil olish:
- o'qish joyidan o'qish yo'nalishi va davomiyligi to'g'risidagi ma'lumotnoma (rus yoki o'zbek tillariga tarjimasi bilan);
- talabalik guvohnomasining nusxasi.
c) davolanish uchun:
- bemorni tibbiy ko'rikdan o'tganligi to'g'risidagi tibbiy muassasaning ma’lumotnomasi nusxasi;
d) mehnat faoliyati bilan shug’ullanish:
- ish joyidan ish joyining davomiyligi va lavozimi to'g'risidagi ma'lumotnoma (rus yoki o'zbek tillariga tarjimasi bilan);
- yoki mehnat shartnomasining nusxasi (rus yoki o'zbek tillariga tarjimasi bilan);
e) oilaviy birlashish uchun.
- agar turmush qurgan bo'lsan, nikoh to'g'risidagi guvohnoma nusxasi;
- agar shaxs 16 yoshga to'lmagan bo'lsa, ota-onalarning pasportlari nusxalari;
- agar yangi tug'ilgan chaqaloq bo'lsa, tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomaning nusxasi.
5. Ariza beruvchining ushbu hududda qonuniy yashashini tasdiqlovchi hujjat. Xususan, pasportdagi tegishli stiker, viza, yashash huquqi, vaqtincha yashash huquqi va boshqalar.
6. Agar pasportni rasmiylashtirish/almashtirish uchun o'z vaqtida murojaat qilinmagan bo‘lsa (pasportning amal qilish muddati tugagan holatda), vaziyat va sabablar batafsil tushuntirilgan konsul nomiga yozma ariza berilishi kerak. Pasport olish bo‘yicha o'z vaqtida murojjat qilinmagan bo’lsa, 18 yoshdan boshlab har bir kalendar yil uchun 7467 yen jarima undiriladi. Belgilangan jarima to'langanligi to'g'risidagi kvitansiya qolgan hujjatlar bilan birga alohida biriktiriladi.
7. Harbiy guvohnoma yoki ro'yxatga olish guvohnomasining nusxasi, yoki mudofaa bo’limining belgilangan tartibdagi ma’lumotnomasi (harbiy hizmatga majburlar uchun). Ushbu ma’lumotnomani olish uchun doimiy ro'yxatdan o'tgan tumanda joylashgan O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining mudofaa bo’limiga murojaat qilish zarur (harbiy ro'yxatga olish va xizmatga qabul qilish boshqarmasi).
8. Konsullik yig'imi to'langanligi to'g'risida kvitansiya – 27,200 yen.
Elchixonada doimiy ro’yxatdan o'tgan voyaga etmagan va 16 yoshga to'lganlarga xorijga chiqish biometrik pasportini berish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
(Har bir ustundagi tafsilotlar to'liq to'ldirilgan ariza haqiqiy deb hisoblanadi).
2. Tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomaning asli va nusxasi (16 yoshgacha bo'lgan bolalar va 16 yoshga to'lgan shaxslar uchun - xorijga chiqish biometrik pasportini birinchi marta olayotgan paytida). Tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomalar:
a) O'zbekistonda FHDYO tomonidan yoki xorijdagi O'zbekistonning konsullik muassasalarida berilgan tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnoma (metrika);
b) Yaponiyaning FHDYO organlari tomonidan berilgan tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnoma(Ushbu hujjatga Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan APOSTIL qo’yilgan va rus yoki o’zbek tiliga tarjima qilingan bo’lishi shart. Shundan keyingina Yaponiya idoralari tomonidan berilgan hujjat O'zbekiston hukumati tomonidan tan olinadi);
3. Agar amaldagi pasporti mavjud bo’lsa, pasportning asl nusxasi (biometrik bo'lmagan, biometrik va/yoki xorijga chiqish biometrik) va barcha sahifalardan nusxa.
4. 3,5 x 4,5 sm o'lchamdagi fotosurat (1 dona).
5. Voyaga etmaganlarning ota-onalarining yoki boshqa qonuniy vakillarining pasportlari (biometrik bo'lmagan, biometrik va/yoki xorijga chiqish biometric) nusxalari (16 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun) - xorijga chiqish biometrik pasportini birinchi marta olish uchun. Agar ota-onadan birining pasportini taqdim etishning iloji bo'lmasa, tegishli hujjat taqdim etiladi, xususan:
a) o'lim to'g'risidagi guvohnoma;
b) ajralish to'g'risidagi guvohnoma yoki nikohni bekor qilinganligi haqidagi sud qaroridan ko'chirma (nusxa);
v) ota-onalardan birini yo'qolgan yoki o'lgan deb tan olinganligi to'g'risida vakolatli idoralarning ma'lumotnomasi;
g) bolani yolg'iz ota-onaga qaram deb topish to'g'risida.
6. Ariza beruvchining/ota-onaning yoki voyaga etmaganning boshqa qonuniy vakilining ushbu hududda qonuniyligini tasdiqlovchi hujjat (16 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun). Xususan, pasportdagi tegishli stiker, viza, yashash huquqi, vaqtincha yashash huquqi va boshqalar
7. Agar ota-onalardan biri xorij fuqarosi bo’lsa, uning bolaning xorijga chiqish biometrik pasportini olishga e'tirozi yo’qligini tasdiqlovchi notarial tasdiqlangan arizasi. Agar xorijlik ota yoki onaning arizasi Yaponiya idoralari tomonidan tuzilgan bo'lsa, ushbu hujjatga Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan APOSTIL qo’yilgan va rus yoki o’zbek tiliga tarjima qilingan bo’lishi shart. Shundan keyingina Yaponiya idoralari tomonidan berilgan hujjat O'zbekiston hukumati tomonidan tan olinadi;
8. O'zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan ota yoki onaning notarial tasdiqlangan roziligi (agar 16 yoshga to'lmagan shaxs ota yoki ona bilan birga doimiy konsullik ro’xatda bo'lsa);
9. Hamrohlik qilayotgan shaxsning notarial tasdiqlangan majburiyati;
10. To’lov 3200 yenni tashkil etadi (konsullik hujjatlari bilan ishlash uchun).
BILISHINGIZ SHART !
1. Xorijda vaqtincha bo'lib turgan va Elchixonada vaqtincha konsullik ro’yxatida turmagan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari xorijga chiqish biometrik pasporti yoki O'zbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomani olish uchun Elchixonaga murojaat qiladilar. Bunday holda hujjatlarni rasmiylashtirish O'zbekiston Respublikasining tegishli huquqni muhofaza qilish idoralari va maxsus vakolatli davlat idorasi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
2. O'zbekiston Respublikasining Konsullik muassasalarida konsullik ro’xatidan o’tmagan va nobiometrik namunadagi O'zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti bilan xorijga chiqish biometrik pasportini olish bo’yicha fuqarolarning murojaatlari O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti bilan yozma ravishda kelishuvidan so'ng alohida ko'rib chiqiladi.
To'lov faqat pul o'tkazish yo'li bilan amalga oshiriladi.
O'zbekiston Respublikasining Tokiodagi elchixonasining rekvizitlari:
MITSUBUSHI UFJ BANK
MIGURO-EKIMAE BRANCH
HISOB RAQAM: 1196059