Embassy Contact
phone
Consular Issues
phone

Embassy of the Republic of Uzbekistan in Japan

XORIJGA CHIQISH BIOMETRIK PASPORTINI BERISH/ALMASHTIRISH TARTIBI


O'zbekistonning Tokiodagi Elchixonasi konsullik bo'limi Elchixonada doimiy yoki vaqtincha konsullik ro’xatida turgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtiradi va almashtiriladi.

 

BILISHINGIZ SHART !

 

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.16.2017 yildagi "O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibini takomillashtirishning asosiy chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5156-sonli qaroriga muvofiq:

- 2019 yil 1 yanvardan boshlab xorijga chiqish uchun O'zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasporti joriy etildi;

- 2019 yil 1 yanvardan boshlab xorijga chiqish uchun ruxsat beruvchi yozuv stikerini (OVIR) berish tartibi bekor qilindi;

- 2011 yil namunasidagi O'zbekiston Respublikasi fuqarosining haqiqiy bo’lgan biometrik pasporti O'zbekiston Respublikasi hududida uning egasining shaxsi va fuqaroligini tasdiqlovchi hujjat sifatida ishlatiladi;

- Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari 2021 yilning 1 yanvariga qadar Oʼzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq, kirish vizalarini rasmiylashtirish talab etilmaydigan davlatlar hududiga Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosining amalda qoʼllanilayotgan 2011 yilgi namunadagi biometrik pasportidan foydalangan holda Oʼzbekiston Respublikasidan chiqishi mumkin;

- Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari Oʼzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq, kirish vizalarini rasmiylashtirish talab etiladigan davlatlar hududiga Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosining amalda qoʼllanilayotgan 2011 yilgi namunadagi biometrik pasportidan foydalangan holda, undagi ruxsat yozuvi stikerining amal qilish muddati tugagunga qadar Oʼzbekiston Respublikasidan chiqishi mumkin;

- Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosining 2011 yilgi namunadagi biometrik pasporti Oʼzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq, kirish vizalarini rasmiylashtirish talab etilmaydigan davlatlarda boʼlib turgan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun kirish vizalarini rasmiylashtirish talab etilmaydigan davlatlarda boʼlish va ushbu davlatlar oʼrtasida harakatlanishda pasportning amal qilish muddati tugagunicha haqiqiy hisoblanadi;

- Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosining 2011 yilgi namunadagi biometrik pasporti Oʼzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq, kirish vizalarini rasmiylashtirish talab etiladigan davlatlarda boʼlib turgan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun kirish vizalarini rasmiylashtirish talab etiladigan boshqa davlatlarda boʼlish va harakatlanish uchun pasportning amal qilish muddati tugagunicha haqiqiy hisoblanadi;

- Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosining 2011 yilgi namunadagi biometrik pasporti Oʼzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq, kirish vizalarini rasmiylashtirish talab etilmaydigan davlatlarda boʼlib turgan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun undagi ruxsat yozuvi stikerining amal qilish muddati tugagandan soʼng Oʼzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq, kirish vizalarini rasmiylashtirish talab etiladigan davlatlarga kirish uchun haqiqiy hisoblanmaydi. Fuqarolarning qayd etilgan ushbu toifasi Oʼzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq kirish vizalarini rasmiylashtirish talab etiladigan davlatlarga kirish uchun Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish uchun biometrik pasportini rasmiylashtirishni soʼrab, oʼrnatilgan tartibda murojaat qilishi kerak;

- 2011 yilgi namunadagi biometrik pasportida doimiy yashash stikeri bo'lgan xorijda doimiy yashovchi fuqaro pasportining amal qilish muddati tugaguniga qadar doimiy yashash joyidan vizasiz va viza talab qilinadigan mamlakatlarga borishda passport muddati tugagunga qadar foydalanishlari mumkin.

Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Hukumatining 2018 yil 30 iyundagi 494-sonli qaroriga muvofiq biometrik bo'lmagan namunadagi O'zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportining amal qilish muddati quyidagicha belgilandi:

- O'zbekiston Respublikasi hududida - 2019 yil 31 dekabrgacha;

- xorijda muddati tugaguniga qadar.

Biroq, xorijiy davlat hududida yashayotgan fuqarolar mazkur pasport bilan muddati tugagunga qadar faqat O'zbekiston hududiga to’g’ridan to’g’ri yoki tranzit yo’li bilan uchinchi davlat orqali qaytib borish maqsadida foydalanishlari mumkin.

 

Xorijga chiqishda 16 yoshga to'lmagan O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining biometrik pasportlaridagi stikerlarida majburiy ravishda hamrohlik qiluvchi shaxs belgilanishi yoki muhrlanishi shart.

16 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari ota-onalari yoki vasiylari tomonidan notarial tasdiqlangan roziliklari asosida mustaqil ravishda xorijga chiqishlari mumkin.

 

 

                Xorijga chiqish biometrik pasporti quyidagi O'zbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladi:

1. Xorijda doimiy yashab va Elchixonaning doimiy konsullik ro’yxatidan o’tgan fuqarolarga.

2. Xorijda vaqtincha olti oydan ko'p viza muddatiga ega bo’lgan va Elchixonaning vaqtincha konsullik ro’yxatidan o’tgan fuqarolarga.

 

                Fuqarolarga xorijga chiqish biometrik pasporti quyidagi muddatlarga beriladi:

- tug'ilgan kundan bir yoshgacha bo’lganlarga - 2 yilgacha;

- bir yoshdan 16 yoshgacha bo’lganlarga - 5 yilgacha;

- 16 yoshdan oshgan fuqarolarga - 10 yil.

 

Xorijga chiqish biometrik pasportlarini berish xorijga chiqish biometrik pasport, biometrik va biometrik bo’lmagan pasportlarni almashtirish munosabati bilan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

 

- O'zbekiston Respublikasidan tashqariga sayohat qilish;

- xorijda bola tug'ilishi;

- pasport amal qilish muddatining tugashi;

- familiyasi, ismi, otasining ismi, tug'ilgan sanasi, jinsining o’zgarishi;

- yozuvlardagi noaniqliklar va xatolarni aniqlash;

- ma'lumot va vizalar uchun mo'ljallangan sahifalarning tugashi;

- pasportning yaroqsiz holga kelishi;

- pasportni yo'qotish;

- dalil sifatida pasportni olib qo'yilishi.

 

Xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun ariza beruvchilar SHAXSAN (bolalar ota-onalari yoki ularning biri bilan) Elchixonaga belgilangan tartibda murojaat qilishlari kerak.

Taqdim etilgan hujjatlar asosida, Elchixonaning konsullik bo'limida arizachining biometrik ma'lumotlari, elektron barmoq izlari olinib, fuqaro raqamli ravishda fotosuratga tushiriladi va pasport olish uchun barcha hujjatlari Davlat personallashtirish markaziga yuboriladi.

Agar murojaat etuvchi yuqoridagi talablarga rioya qilmagan taqdirda, Elchixonaning konsullik bo'limi ushbu shaxsga pasport berish masalasida rad etish huquqiga ega.

Tayyor pasportni olingandan so'ng, arizachining biometrik ma'lumotlari solishtirilib tekshiriladi, eski passport topshirilib, yangi pasportni olish jurnaliga imzo qo'yiladi.

Pasport berish masalasini ko'rib chiqish muddati - bir oy. Ammo ko'rib chiqish muddati O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq uzaytirilishi mumkin.

Qonunda belgilangan tartibda xorijga chiqish biometrik pasporti berilganlik uchun konsullik yig'imi olinadi. To'langan summalar qaytarilmaydi.

Agar xorijga chiqish biometrik pasporti berilishiga to'sqinlik qiladigan holatlar mavjud bo'lsa (O'zbekiston Respublikasi vakolatli organlari tomonidan taqiqning mavjudligi, sud qarori yoki buyrug'i), ariza beruvchiga ushbu muammolarni uch oy ichida hal qilish zarurligi to'g'risida xabar beriladi. Uch oydan so'ng taqiqni bekor qilish to'g'risidagi tasdiqlovchi hujjatlar bo'lmagan taqdirda, to'langan konsullik yig'imi to'lovi ariza beruvchiga qaytarilmaydi (uzrli sabablar bundan mustasno, masalan: kasallik, penitentsiar muassasada bo'lish, yashayotgan davlatda O'zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasining yo'qligi).

Uch oydan keyin takroran murojaat qilgan taqdirda, hujjatlar xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun konsullik yig'imi takroran to'langan holda qayta topshiriladi.

Xorijga chiqish biometrik pasporti O'zbekiston Respublikasining mulki hisoblanadi va uning egasi O'zbekiston Respublikasi tomonidan himoya qilinadi.

 

O'zbekiston Respublikasining Tokiodagi Elchixonasining rekvizitlari:

MITSUBUSHI UFJ BANK

MEGURO-EKIMAE BRANCH

HISOB RAQAM: 1196059