Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Embassy of the Republic of Uzbekistan in Japan

O‘zbekiston madaniyati


O‘zbekiston madaniyati Sharqning eng yorqin va o‘ziga xos madaniyatidan biridir. Bu-beqiyos xalq ijodiyoti, raqsi va rassomchilik, betakror milliy oshxona va kiyimkechagidir.

O‘zbek xalq ijodiyotining san’ati ko’pqirrali tematika va xilma xil janri bilan tafsiflaydi. O‘z vazifalari va shakllariga muvofiq ashula va cholg‘u asbob kuylari ikki quruhdan iborat: belgilangan vaqt va vaziyatlarda ijro etuvchi va har qanday vaqtda ijro etuvchi. Birinchi guruhga urf-odat, mehnat jarayoni, turli marosimlar, sahnalashtirilgan tomosha namoyishlar va o‘yinlarga tegishli bo‘lgan ashulalar kiradi.

O‘zbek xalqi o‘z musiqasi bilan mashhurdir. Qo‘shiq — she’riy matnning dir yoki ikki baytni qamrab oluvchi katta bo’lmagan kuy bilan tuzilgan kuplet ashulasidir. Shu jumladan, qo’shiq turlari bilan bir qatorda kupletli tuzilgan ashulalar bo’lgan «lapar» hamda «yalla» sana’ti mavjud. Maskur kuyning raqsga tushuvchi sana’tining janri xazil raqsni ijro etishda ko’zda tutilgan. Lapar — bu ashula so’zlashuvidir. Xorazmda ashulalarni-yakka tartibga ijro etuvchi ijrochilar deb ataladi. Ayrim tumanlarda «lapar» atamasi to’y bazmlarda «Ulan» qo’shig’i (ayollar va erkaklar so’zlashuvi sifatida ijro etiladi) qo’llaniladi. «Yalla» janri ikki turli ashulalardan iborat: qisqa diapazonli kuyi, qo‘shiq esa — raqs bilan bir vaqtda yakka tartibda ijro etish.

Qo‘shiqlarning she’riy matnlar Sharq shoirlarining xalq va kasbiy she’riyatlari qo’llaniladi. Ashulalarning yanada rivojlangan namunalari mohiyati bo’yicha og’zaki urf-odatlarning professional musiqasi hisoblanadi. O‘zbek musiqiy meroslaridagi asosiy joyini-badiiy nutq tarzida hikoya rivoyatlarni ifodali etuvchi-doston asari egallaydi.

Raqslar O‘zbekistonnig turli hududlarida bir-biridan farq qiladi. Farg‘ona raqsi o‘zgacha mayinligi, xarakatlarning ravonligi va ifodaliligi, siljish qadamlarining engilligi, joylarda va aylanishlarda o’zga xos xarakatlari bilan ajralib turadi. Xorazm va Buxoro viloyatlarda qayroqlar bilan raqsga tushiladi.

Milliy rassomlik san’atning rivojlanishi ko‘p asrlardan oldin boshlangan. XVI–XVII asrlarda Buxoro poytaxtida va boshqa shahar markazlarida qo‘lyozma san’ati va muvoqalash ishlari sezilarli darajada muvaffaqiytlarga erishildi. Qadimgi qo’lyozmalarning badiiy bezashlar nafis kalligrafiyani, maydonlarda suv buyoqlari orgali ingichka ornamentlarni bajarishni o’z ichiga olgan.

Ushbu sana’tda bir necha yonalishlarning uslublari rivojlangan. Ulardan biri Behzod (o‘rta asrning rassomi, sharq miniaturasi yonalishlarining asoschisidan biri) urf-odati bilan bog‘langan.

Milliy o‘zbek kiyim-kechaklari

Mahalliy aholining o‘zga hos kiyim-kechagi qadimdan iqlimi, uy-rozg’or sharoiti, urug'-aymoqlari urf-odatlaribo’yicha aniqlangan. XIX asrdayoq kiyim-kechaklar (xalatlar, ko‘ylaklar va erkaklar ko‘ylaklari): keng va uzun bichilgan, elkadan tushmaydigan, qadi-qomatni yashirib turadigan barcha belgilar saqlanib kelingan.

An’anaviy erkaklarning milliy kiyimlari qiyiqcha bilan bog’langan qavilgan issiq cho‘ponlardan, boshkiyimi-do’ppidan va nozik charmdan yasatilgan etiklardan iborat. Erkaklar tekis andazali ichki va tashki ko’ylaklarni kiyganlar. Cho’ponlarning yengil yoki paxtada qavilgan issiq turlari mavjud. Urishda va yerga o’tirishda qulay bo’lishi uchun cho’ponlarning yon tomonlarida kesimlar bo’lgan. Odatda cho’pon qiyiqcha bilan bog‘langan bo‘lar edi.

Milliy bayram ko’ylaklari qo’llanilgan matolarning va kashtalarning chiroyi va boyligidan kundalik ko’ylaklardan ajralib turadi.

Ayollarning milliy kiyimlari xalat, xon-atlasdan tikilgan oddiy bichimli ko’ylaklar, lozimlar — pastki qismi tor bo’lgam keng yupqa shimdan iborat. Ayollarning bosh kiyimi asosiy uch belgidan iborat: shapkacha, ro‘mol va do’ppi. Ayollarning bayram ko’ylaklari matolarning to’kilib turishidan va chiroyidan ajralib turadi. Bolalar kiyimlari kattalarning kiyim shakllarini takrorlab kelgan. umumiy belgilar bilan bir qatorda har bir tuman va qabilaning kiyimlari o’zga hos hususiyatga, ishlatililishda ifodalaydigan mato, shakl va andazalarga ega.

O’zbekistonning taniqli va keng tarqalgan xalq san’atidan biri Do‘ppidir. Do‘ppi — bosh kiyimi hisoblanib, astarli yumshoq matolardan tikilgan. Do‘ppi o’zbek milliy kiyim-boshiningajralmas qismi bo’lib, o’zbek millatining o’z milliy an’ana va urf-odatlariga kirdi. O‘zbek do’ppisining keng tarqalgan shakllaridan: to’rtqirrali va konussimondir. Do‘ppilar uchun oq surp, oq ipakli ip, jiyak, tepchish uchun oddiy ipdan tayyorlanadi. Aksariyat ayollar do’ppido’zlik sirlarini mohirlik bilan egallaganlar. Do‘ppilarni bezashda xayot va hosildorlik ramzi bo’lgan «bodom» ko’p uchraydigan bodom belgisida qul solish turlariga kiradi. Do‘ppilar ichida keng tarqalgan turi asrash vazifasini bajaruvchi «ilon izi» naqshi hisoblanadi. Geometrik naqshlar yanada taniqliroq naqshlar bo’lgan. Turli tumanlarda yaratilgan do’ppilar, o’z shakli, turi va gul tushirish yo’llari bilan ajralib turadi.

Erkaklar do’ppisini farqlashda jоy nоmi ustun tursa, ayollar do’ppisiga nоm bеrilganda guli, shakli, bеzagi taъkidlanadi. Masalan, jоy nоmi aks etgan do’ppi turlari: Andijоn, Marg‘ilоn, Chust, Irоqi dеb nоmlansa; tikish va tayyorlash usuliga ko‘ra do‘ppilar bоsma, guldo‘zi, zamindo‘zi, zardo‘zi, sanama, to’ldirma, chizma kabi atalgan; guli, bеzagi, hashami yoki taglik matоsi nuqtai nazaridan nоm оlgan do‘ppilar: atirgul, baхmal do’ppi, bоdоm nusхa, bulbul nusхa, gilam nusхa, kiyik qоsh, lоlagul, munchоq do’ppi, nоzik do‘ppi, chamanda gul, qalampir nusхa singaridir.

Milliy taomlar

O‘zbek oshxonasi Sharqda xilma-xilligi bilan mashhur. o‘zbek taomlarining ayrim tayyorlanishlari ko’pasirlik tarixga ega. har bir taom o’zga hos milliy urf-odat va tayyorlash ussulariga ega. Taomlar, ichimliklar va qandolat maxsulotlar tayyorlanishining turli uslublar 1000ga yaqindir.

Osh — O‘zbekistonning eng mashxur taomidir. Ushbu taom ham kundalik ham bayramona taom hisoblanadi. To’y, o’tirishlar va to’g’ilgan kunlar ushbu milliy taomsiz o‘tmaydi. Oshning asosiy tarkibi guruch, go’sht, sabzi va boshqa mahsulotlar hisoblanadi.

Ot go’shtidan tayyorlangan «qazi»- o‘zbek gazaklarining eng mashhurlaridan biridir.

Non-o‘zbek xalqi uchun muqaddasdir. Urf-odatlarga muvofiq safarga ketayotgan kimsa nondan bir bo’lagidan tishlasa qaytib kelgunga va yegunga qadar ushbu nonni saqlash kerak. Non savati bilan boshda ko’tariladiganurf-odat ham nonga bo’lgan munosabatda ko’rsatilayotgan katta xurmat misolidir. Ko’p asrlar mobaynida nonvoylar nonni tandirda yopadilar, natijada non gurch-gurch va mazali bo’ladi. Nonning ikki turi mavjud: yopgan-oddiy non (obi-non) va bayram noni (patir non). Oddiy non suvda qoriladi va sedana bilan sepiladi. Patir non — qo’y yog’i solingan qatlam hamirdan tayyorlanadi.

Kabob va somsa (tandirda yopiladigan qatlam hamirli milliy pishiriq) O’zbek oshxonasining eng taniqli taomlaridan hisoblanadi.

O‘zbekistonning milliy oshxonasida sho’rva asosiy o’rinni egallaydi. Ushbu taomlar sabzi, lavlagi hamda piyoz va ko’katlar kabi sabzabotlarga boydir. Sho’rvalarning eng mashhurlari — bu mastava va qaynatma sho’rvadir.

Xolva – bug’doy uni, yong’oq bilan shakar va sedanadan tayyorlanadigan butun jahonda tanilgan sharq lazatidan biridir. O‘zbekistonda xolvalarning 50 ga yaqin turli xillari mavjud.

Bundan tashqari, O‘zbekiston meva, uzum, qovun va tarvuzdan tayyorlangan o’z mazali sharbatlari bilan mashhur. Shuningdek, O‘zbekiston katta miqdordagi turli quruq mevalar, yong’oqlar va bodomlarga boy.

Agar Siz O‘zbekistonga tashrif buyursangiz milliy oshxonani tatib ko’ring va o’zingizga yoqqan taomning tayyorlanish uslublarini joylardagi egalardan so’rang.

O‘zbek хalq raqs мaktabi va uslublari

Har bir o‘zbеk raqs maktabining o’zi bir оlaм. Farg‘оna raqslari gоh sho‘х va tеtik, gоh мayin оquvchi harakat, gavdani bir оz оldinga egib erkin, nafis tutish, хilma-хil ma’nо kashf etuvchi chirоyli qo‘l harakatlariga хоs bo’lgan. Buхоrо raqs maktabining esa оdatda tоvоnini urib-urib, tizzani bukib, ayni chоg’da gavdani g’оz tutib, viqоr bilan kift titratib, aniq shaklli puхta qo’l хarakatlari bilan o’ynaganlar. Хоrazм raqsi uchun esa tizzalarni sal - pal bukib, kiftlarni tik tutib, butun tanani harakatga kеltirib, bilak va barмоqlardan turli tuмan chirоyli shakllar yasab, o’ynоqi sho’х, оtashin o’ynash хarakatеrlidir. Хоrazмda qayrоq bilan o’ynash kеng rasм bo’lgan. O‘zbеk raqsida оbrazlilik mazmundоrlik хal qiluvchi rоl o’ynaganki, bu хususiyat barcha maktab va uslublarni bоg’lab yagоna o‘zbеk raqsini maydоnga kеltirgan. Raqs uslub va maktablari bir-biriga taъsir ko’rsatib, ijоdiy hamkоrlik tоrtishuv kеng tus оladi. Buning natijasida ijrо maktablarning mazmuni bоyib, ahamiyati оshadi. Qo‘qоn хоnligi, Buхоrо amirligi va Хiva хоnligining bir qatоr shaharlarida yirik raqs to‘plar (ansambllari) tashkil etilgan bo’lib, faqat O‘rta Оsiyoda emas undan tashqarida haм o‘zbеk raqs san’atini munоsib naмоyish etdi.

ХХ-asrning 20-yillarida хalq raqslarining saхna variantlari yuzaga kеla bоshladi. «Qarinavо», «Sadr», «Dilхirоj», «Gul o‘yin», «Munоjоt» kabi an’anaviy raqslar yangicha uslublar bilan bоyigan хоlda zaмоnaviy jarangladi va yangicha talqinda хalq оrasida shuхrat qоzоndi. «Pilla», «Paхta» kabi хalq mеhnatini ulug’lоvchi raqslar dunyoga kеldi. Bu ishda raqs ustalari Yusufжоn qiziq Shakarжоnоv, usta Оliм Kоmilоv, Tamaraхоniм, Мukarraмa Turg’unbоеva, Isохоr Оqilоv, Galiya Izмaylоvalarning хizмatlari kattadir. «Bahоr», «Lazgi», «Shоdlik», «Zarafshоn» ashula va raqs ansambllari bugungi kunda dunyoga mashhurdir. Мustaqillik sharоfati bilan «O‘zbеkraqs» birlashмasi tasarrufida yangi raqs guruхlari tuzildi. Bоlalar raqsi rivожlanmоqda. Har yili o’tadigan Мustaqillik va Navro’z bayraмlarida va хalqarо anjuмanlar dasturida raqs san’ati markaziy o‘rinni egallaydi. Хоrеоgrafiya maktablari faоliyat ko’rsatmоqda. Хalq raqs va balеt maktabi insоn ruхiy hayotini chuqur aks ettiruvchi, go’zal pоеtik tabiatga hamda katta badiy umumlashмaga ega bo’lgan san’atdir. Raqs hamisha go’zallikka chоrlaydi.

Milliy hunarmandchilik

Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda barcha sohalar qatori milliy hunarmandchilikning unitila boshlangan qadimiy an’analari va maktablari qayta tiklanib, rivojlanib hamda boyib bormoqda. Usta-hunarmandlarning mehnatini munosib rag‘batlantirish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan alohida e’tibor xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’ati an’analarining bardavomligiga xizmat qilayotir.

Marg‘ilon shoyi-atlaslari va do‘ppilari, Xiva gilamlari, Nurota kashtalari, Buxoro zardo‘zi buyumlarining dovrug‘i yetti iqlimga yoyilgan. Qo‘li gul ustalarimizning san’at asari darajasida tayyorlagan hunarmandchilik mahsulotlari bugun dunyoning ko‘plab muzeylaridan, xalqaro ko‘rgazmalardan joy olib, xalqimizning o‘ziga xos turmush tarzi, bebaho qadriyatlari va yaratuvchanlik salohiyatini namoyon etib kelmoqda.

Joylarda “Usta-shogird” maktablari tashkil qilinib, intiluvchan yoshlarimizga xalq badiiy hunarmadchiligi va amaliy san’ati bo‘yicha mahorat sirlari o‘rgatilayotir. Buning samarasida ajdodlar izidan borib, milliy qadriyatlarimizga sadoqat va ehtirom ruhida kamol topayotgan iste’dodli ustalar avlodi yetishib chiqmoqda.