O‘zbekiston ayollarning yetakchilik salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish borasidagi ishlarni davom ettiradi
O‘zbekiston tarixi ayollarimizning jasorati va savodxonligi, olijanobligi va faolligi, qadr-qimmati, davlat va jamiyat boshqaruvidagi o‘rni haqida hikoyalarga boy. Ular orasida davlat, harbiy ishlar, ta’lim va tarbiya, adabiyot, diniy savodxonlikda tengi bo‘lmagan To‘maris, Saroimulxonim, Gavharshodbegim, Nodirabegim, Uvaysiy, Anbarotinlar bor. Ular Buxoro amirligi, Qo‘qon va Xiva xonliklari davrida yashab, xayriya ishlari bilan shug‘ullanib, o‘z boyliklarini madrasalar, maktablar va boshqa ezgu ma’rifiy tadbirlarga sarflaganliklarini O‘zbekiston Milliy arxivida saqlanayotgan hujjatlar tasdiqlaydi.