Prezident Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 15-yanvar kuni boʻlib oʻtgan yigʻilishida ham konsullik xizmatlarini faollashtirish, diplomatik vakolatxonalarni modernizatsiya qilish va fuqarolarga tezkor hamda sifatli xizmat koʻrsatish muhim vazifa sifatida belgilandi. Bu esa konsullik roʻyxati (konsullik hisobida turish) masalasining dolzarbligini yana bir bor koʻrsatdi.
2025 yil 11-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi Elchixonasida “El-yurt umidi” jamg‘armasi direktori G. Ismoilova Yaponiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan vatandosh stipendiatlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Oliy darajadagi muzokaralar yakunlangach, “Kantey” qarorgohida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning rasmiy tashrifi sharafiga Yaponiya Bosh vaziri Sanae Takaichi nomidan qabul marosimi tashkil etildi.
Oʻzbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyev Yaponiya taʼlim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vaziri M.Yoxey, Yaponiya fanni ilgari surish jamiyati prezidenti S.Suyosi hamda Yaponiyaning Sukuba, Nagoya, Tottori universitetlari, Tokio qishloq xoʻjaligi va texnologiyalar universiteti, Nagoya iqtisodiyot universiteti kabi yetakchi oliy taʼlim muassasalarining rahbarlari bilan uchrashdi.
“Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqoti sammiti doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev koʻp tomonlama biznes forumida ishtirok etdi.
Taʼkidlashni istardimki, bundan 20 yil muqaddam aynan kunchiqar yurt ilk bor “Markaziy Osiyo plyus” muloqotining tashabbuskori boʻlgan edi. Ushbu qaror strategik jihatdan naqadar muhim va toʻgʻri boʻlganini vaqtning oʻzi koʻrsatmoqda.