Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi

O‘zbekistonning Shanxay shahridagi Bosh konsulxonasida Tezkor javob qaytarish shtabi tashkil etildi



 

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining Operativ shtabi bergan ma’lumotga ko‘ra 2020-yilning 16-mart kuni mamlakatimizning Shanxay shahridagi Bosh konsulxonasi (Xitoy) huzurida fuqarolarimizning murojaatlariga Tezkor javob qaytarish shtabi tashkil etildi. U 24 soatlik rejimda faoliyat ko‘rsatmoqda.

Vatandoshlarimizga xorijdagi, jumladan Xitoydagi O‘zbekiston fuqarolariga vatanga qaytish uchun davlat chegarasidan o‘tish taqiqlanmasligi tushuntirilmoqda. Shu bilan birga fuqarolarimiz O‘zbekistonga qaytib kelishlari bilan 14 kun davomida karantinda bo‘ladilar.

O‘zbekiston hududiga kirish borasida 2020-yil 16-martdan joriy qilingan cheklovlar, avvalambor, boshqa davlatlarning fuqarolariga tegishli.

TIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi Shanxay shahri, Anhuy, Fuszyan, Hunan, Szyansi, Szyansu va Chjeszyan provinsiyalari hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda Shanxay shahridagi Bosh konsulxona huzuridagi Tezkor javob qaytarish shtabi a’zolariga murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi:

Bosh konsul Aziz Masutov, telefon/WeChat: +86 131 2229 9776, Telegram: +998 90 904 75 88

Azizbek Ulug‘bekov, telefon/ WeChat/Telegram: +86 131 2255 5772

Iskandar Salomov, telefon/WeChat: +86 131 2229 9663, Telegram: +998 93 380 38 25

Elektron pochta: cg_uzbekistan@126.com

O‘zbekiston Respublikasi TIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi



  ...