Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi

Xirosima shahrida O‘zbekistonning investitsiya va sanoat salohiyati taqdimoti o‘tkaziladi



Tadbir davomida O‘zbekiston hamda uning eng jadal rivojlanayotgan hududlaridan biri — Namangan viloyatining iqtisodiy o‘sishi, sanoat salohiyati va investitsiya imkoniyatlari taqdim etiladi. Unda O‘zbekistonning Yaponiyadagi Elchisi va Namangan viloyati hokimining ishtiroki rejalashtirilgan.
Namangan viloyati — Farg‘ona vodiysining yetakchi sanoat va biznes markazlaridan biri bo‘lib, zamonaviy infratuzilma, maxsus iqtisodiy zonalar, boy tabiiy resurslar va yuqori malakali ishchi kuchi bilan investorlar uchun qulay sharoitlarga ega. Viloyat ishlab chiqarish hajmining tez sur’atlarda o‘sishi va qulay investitsiya muhiti bilan ajralib turadi.
Sana: 2025-yil 27-noyabr, payshanba
Vaqt: 09:30–11:00
(Ro‘yxatdan o‘tish tadbir boshlanishidan 10 daqiqa oldin boshlanadi)
Joy: Taise Building, 6-qavat — O‘zbekiston Respublikasining Xirosimadagi Faxriy Konsulligi
Manzil: 1-26 Tatemachi, Naka-ku, Xirosima shahri, Xirosima prefekturasi 730-0032

Xarita: https://maps.app.goo.gl/WdKRSL4rBMrUe84eA

Til: o‘zbekcha va yaponcha (sinxron tarjima bilan)

Kirish: bepul (oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab qilinadi)
Aloqa uchun:
Tel: 03-6277-2166
Fax: 03-6277-2580
Email: info@uzbekistan.jp
Ro‘yxatdan o‘tish havolasi:



  ...