Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi

13 noyabr kunlari Toshkentda texnologiyalar va kelajak xavfsizligini birlashtiruvchi “E-TechExpo 2025” va “Securex Uzbekistan 2025” xalqaro ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tadi



2025-yil 11–13-noyabr kunlari “O‘zekspomarkaz” MKMda texnologik taraqqiyot va kelajak xavfsizligining yagona g‘oyasi bilan birlashtirilgan ikki tadbir — “Umumiy xavfsizlik – Securex Uzbekistan 2025” 16-xalqaro ko‘rgazmasi va elektronika, elektrotexnika hamda innovatsion texnologiyalar “E-TechExpo 2025” 4-xalqaro ko‘rgazmasi o‘tkaziladi.

Tashkilotchilar — “Iteca Exhibitions” xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi va uning hamkori “ICA Eurasia Group”.

Zamonaviy dunyoda innovatsion texnologik yechimlar va keng qamrovli xavfsizlik choralarisiz barqaror rivojlanish mumkin emas. “E-TechExpo 2025” va “Securex Uzbekistan 2025” ko‘rgazmalarining bir sanalarda o‘tkazilishi ushbu yo‘nalishlarning o‘zaro chambarchas bog‘liqligini aks ettiradi: elektronika va elektrotexnika avtomatlashtirish va boshqaruv tizimlarining asosini tashkil etadi, shuningdek, aksariyat zamonaviy xavfsizlik yechimlarini raqamli va elektron texnologiyalarsiz amalga oshirib bo‘lmaydi.

Ko‘rgazmalarning birlashgan ekspozitsiyasida Avstriya, Belarus, Germaniya, Qozog‘iston, Xitoy, Janubiy Koreya, Polsha, Rossiya, Turkiya va O‘zbekistondan 39 ta kompaniya ishtirok etadi.

Tadbirlar doirasida biznes dasturi ham bo‘lib o‘tadi va davlat idoralari, sanoat korxonalari, muhandislik-qurilish tashkilotlari, energetika kompaniyalari, huquqni muhofaza qilish organlari, xavfsizlik xizmatlari, IT-kompaniyalar va tizim integratorlari vakillarini birlashtiradi. Aynan shu yerda mintaqaning innovatsion va xavfsiz infratuzilmasining kelajagini shakllantiradigan g‘oyalar va hamkorliklar yuzaga keladi.

“Securex Uzbekistan 2025” ko‘rgazmasi xavfsizlik mutaxassislari uchun yetakchi biznes platforma bo‘lib, bu yerda mutaxassislar signalizatsiya va videokuzatuv tizimlaridan tortib zamonaviy elektron qurilmalar, dasturiy yechimlar hamda ma’lumotlarni himoya qilish texnologiyalarigacha bo‘lgan eng so‘nggi ishlanmalar bilan tanishishlari mumkin.

Ko‘rgazmaning oltin homiysi — “Hikvision” (O‘zbekiston) kompaniyasi rasmiy distribyutori bo‘lib, obyektlarni himoya qilish va qo‘riqlash uchun videokuzatuv tizimlari, kirishni nazorat qilish, interkomlar, biometrik qurilmalar, turniketlar va tegishli uskuna turlarini taklif etadi.

2022-yilda tashkil etilgan “E-TechExpo” ko‘rgazmasi sohadagi qiziqishning barqaror o‘sishini namoyish etdi va o‘zini muhim mintaqaviy professional tadbir sifatida isbotladi. Ko‘rgazma ishtirokchilari soni yil sayin ortib bormoqda, shuningdek, ko‘rgazmadagi mahsulotlarning geografik ko‘lami va assortimenti kengaymoqda.

Taniqli ishtirokchilar orasida xavfsizlik va texnologiya sohasidagi ilg‘or ishlanmalarni taqdim etuvchi yetakchi mahalliy va xalqaro kompaniyalar bor: “Aselsan” (Turkiya) — ikki maqsadli mahsulotlar ishlab chiqarishda yetakchilardan biri; “EAS” (O‘zbekiston) — dronlarga qarshi innovatsion tizimlarning milliy ishlab chiqaruvchisi; “UNITREE” (Xitoy) — robototexnika sohasining yetakchisi; “Regula” (Belarus) — hujjatlar, banknotlar va qimmatli qog‘ozlarning haqiqiyligini tekshirish bo‘yicha ekspert yechimlarining taniqli ishlab chiqaruvchisi.

“E-TechExpo 2025” va “Securex Uzbekistan 2025” kompaniyaning kuzgi mavsumini yakunlovchi tadbirlardir. Uch kunlik mazmunli dastur davomida ishtirokchilar yangi imkoniyatlar va bozorlarni kashf etish, dolzarb bilimlarni egallash hamda “Iteca Connect” mobil ilovasi orqali muloqot o‘rnatish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Ko‘rgazmaga tashrif buyurish uchun quyidagi havolalar orqali ro‘yxatdan o‘ting va onlayn beydjga ega bo‘ling:
“Securex Uzbekistan 2025” – https://securex.uz/ru/posetitx-vstavku
“E-TechExpo 2025” – https://e-techexpo.uz/ru/posetitx-vstavku

“Dunyo” AA



  ...