
“Tokyo Deaflympics 2025” xalqaro sport musobaqasida ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasi sportchilarini qo‘llab-quvvatlash hamda eshitishida nuqsoni bo‘lgan insonlarning hissiyot va irodasini namoyon etish maqsadida “Ko‘rish orqali eshitish: O‘zbekiston hikoyalari” nomli maxsus fotoko‘rgazma tashkil etiladi.
Mazkur ko‘rgazmada yurtimiz fotograflari tomonidan olingan suratlar orqali eshitishida nuqsoni bo‘lgan insonlarning hayoti, ularning ichki dunyosi hamda O‘zbekistonning go‘zal kundalik manzaralari namoyish etiladi.
Ko‘rgazma o‘tkazilish muddati va joyi
Manzil:
Takanawa Community Plaza
(1-16-25 Takanawa, Minato-ku, Tokyo)
Eslatma: Avtoturargoh mavjud emas.
1-qavat (lobbi):
2025-yil 18-noyabr (seshanba) – 25-noyabr (seshanba)
soat 8:30 dan 21:30 gacha
18-noyabr kuni ko‘rgazma soat 13:00 da boshlanadi,
25-noyabr kuni esa soat 14:00 da yakunlanadi.
2-qavat (ko‘rgazma galereyasi):
2025-yil 18–21 noyabr kunlari, soat 10:00 dan 17:00 gacha
18-noyabr kuni ko‘rgazma soat 13:00 da boshlanadi,
21-noyabr kuni esa soat 14:00 da yakunlanadi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar
Kirish: Bepul.
Oldindan ro‘yxatdan o‘tish: Talab etilmaydi.
Tashkilotchilar:
O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi Elchixonasi
Fotograf Husniddin Ato
Hamkor:
Tokyo shahrining Minato tumani hokimligi
O‘zbekistonlik eshitishida nuqsoni bo‘lgan insonlarning hayoti, ularning orzu-umidlarini hamda “ko‘rish orqali eshitadigan ovozi”ni suratlar orqali his eting.
Sizni ushbu betakror fotoko‘rgazmaga tashrif buyurishga samimiy taklif etamiz!