Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi

2026 yilning 10-12-noyabr kunlari Toshkent shahrida “Ta'lim va ta'lim texnologiyalari – TaʼlimExpo/ISUE” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi



 “Yangi O‘zbekiston” taraqqiyot strategiyasining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan ta'lim tizimida keng ko‘lamli islohotlar mamlakatimizda amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev ta'lim mamlakatni modernizasiya qilish, yoshlarni XXI asr muammolariga tayyorlash poydevori ekanligini qayta-qayta ta'kidladi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda yangi ta'lim standartlari faol tatbiq etilmoqda, zamonaviy maktab va oliy o‘quv yurtlari barpo etilmoqda, raqamli texnologiyalar joriy etilmoqda, talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarni tayyorlash dasturlari amalga oshirilmoqda. 2026 yilning “Yoshlarni zamonaviy kasb-hunarlarga o‘rgatish yili” deb e'lon qilinishi ramziy qadam bo‘ldi.

Ushbu o‘zgarishlar fonida 2026 yilning 10-12 noyabr' kunlari Toshkent shahrida “Ta'lim va ta'lim texnologiyalari – TaʼlimExpo/ISUE” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Tadbirda ta'lim muassasalari, “EdTech”  kompaniyalari, davlat va xalqaro tashkilotlar, biznes hamjamiyati, akademik doiralar va ekspertlar inson kapitalini rivojlantirishning strategik yo‘llarini – maktabgacha ta'lim va maktab ta'limidan tortib, tez o‘zgarib borayotgan mehnat bozorida mutaxassislarni kasbiy qayta tayyorlash va malakasini oshirishgacha bo‘lgan strategik yo‘llarni muhokama qilish uchun yig‘ilishadi.

 Uzluksiz ta'lim, o‘quv jarayoniga innovasion texnologiyalarni joriy etish, “soft” va “digital skills”ni rivojlantirish, malakali kadrlar tayyorlashda davlat va biznes hamkorligi yechimlarini izlashga alohida e'tibor qaratiladi.

 “TaʼlimExpo/ISUE” barqaror iqtisodiy o‘sish va mamlakat raqobatbardoshligini oshirish maqsadlariga mos keladigan ta'lim sohasini rivojlantirish uchun ilg‘or ta'lim yechimlarini namoyish etish va yangi yondashuvlarni rag‘batlantirish uchun yillik platformaga aylanadi.

Ko‘rgazma tashkilotchilari “Iteca Exhibitions” xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi va uning hamkori “Songresses of Sentral Asia – SSA” hisoblanadi. Davlatimiz rahbarining ta'lim tizimini isloh qilish borasidagi tashabbuslaridan ruhlangan tarzda ular o‘zlarining uchinchi ta'lim ko‘rgazmasini qayta tiklamoqda. Mazkur tadbir kompaniyaning iqtisodiyot va ijtimoiy hayotning strategik muhim yo‘nalishlari bo‘yicha loyihalari portfelini kengaytirmoqda.

“Dunyo” AA



  ...