Koʻrgazmada BAA, Chexiya, Eron, Germaniya, Italiya, Koreya Respublikasi, Ozarbayjon, Polsha, Qozogʻiston, Rossiya, Turkiya, Xitoy va Oʻzbekistondan 175 ta kompaniya va brendlar ishtirok etishini tasdiqladi
Shu yilning 7-9 oktyabr kunlari “Oʻzekspomarkaz” Milliy Koʻrgazma kompaniyasi maydonida “Isitish, ventilyasiya, havoni kondisionerlash, suv ta'minoti, santexnika, basseynlar, atrof-muhitni muhofaza qilish texnologiyalari, muqobil energiya manbalari – “Aquatherm® Tashkent 2025” 13-Xalqaro koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi.
Tashkilotchilar: Iteca Exhibitions xalqaro koʻrgazma kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia Group.
“Aquatherm® Tashkent” – Oʻzbekistondagi yagona ixtisoslashtirilgan koʻrgazma boʻlib, bu erda barcha turdagi muhandislik echimlari har tomonlama taqdim etiladi:
-Isitish: radiatorlar, qozonxonalar, “issiq pol” tizimlari;
-Kondisionerlash va ventilyasiya: maishiy echimlardan sanoat echimlarigacha;
-Suv ta'minoti va drenaj: klapanlar, filtrlar, nasoslar, reduktorlar, septiklar;
-Maishiy va muhandislik santexnika: quvurlar, suv hisoblagichlari, fitinglar, kranlar, dush kabinalari.
Koʻrgazmada BAA, Chexiya, Eron, Germaniya, Italiya, Koreya Respublikasi, Ozarbayjon, Polsha, Qozogʻiston, Rossiya, Turkiya, Xitoy va Oʻzbekistondan 175 ta kompaniya va brendlar ishtirok etishini tasdiqladi. Arizalar qabul qilinishi davom etmoqda.
Turkiya va Rossiya, jumladan, Moskva viloyati, Kaluga, Perm va Ulyanovsk kompaniyalarining jamoaviy ishtiroki kutilmoqda.
Ishtirokchilar orasida Midea, Wilo, Haier, CNP, Bosch, Grandfar, Kan Sp. z o.o, Wavin Pilsa, Hisense HVAC, TICA, Dayuan kabi taniqli brendlar bor.
Bu yil ham koʻrgazmada etakchi ishlab chiqaruvchilar va distribyutorlarning yuqori sifatli mahsulotlari namoyish etiladi. 1 va 2-pavilonlarda qozonxonalar uchun uskunalar va texnologiyalar, gorelkalar, isitish radiatorlari, quritgichlar, issiqlik almashtirgichlar, sochiq quritgichlari, konvektorlar, nasos stansiyalari, suv filtrlari, suv tozalash tizimlari, kanalizasiya uskunalari, suv isitgichlari, santexnika uskunalari namoyish etiladi. Shuningdek, keng assortimentdagi quvurlar (poʻlat, metall-plastik, PVX, PE, polipropilenli) va fitinglar, oʻchirish, nazorat qilish va xavfsizlik klapanlari va gidroizolyasiya ham taqdim etiladi.
“Aquatherm® Tashkent”ga tashrif quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
-Texnologik innovasiyalar bilan tanishish;
-Mutaxassis maslahatini olish;
-Ishonchli etkazib beruvchilarni topish;
-3 kun ichida asosiy biznes muammolarini hal qilish.
Rasmiy koʻmak:
-Oʻzbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasi;
-Oʻzbekiston Qurilish, uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi;
-Oʻzbekiston Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi;
-Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi;
-Toshkent shahar hokimligi.
“Aquatherm® – Wiener Messe und Congress GmbH kompaniyasiga tegishli jahonga mashhur brend boʻlib va uning ostida koʻplab mamlakatlarda shunga oʻxshash koʻrgazmalar oʻtkaziladi. Oʻzbekistonda ushbu brenddan foydalanishga ruxsat berilgan yagona yuridik shaxs Iteca Exhibitions hisoblanadi.
“Dunyo” AA