Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi

2025 yil I yarim yillikda O‘zbekiston iqtisodiyotining rivojlanishi



2025 yilning birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston iqtisodiyoti jadal o‘sish dinamikasini saqlab qolmoqda.

Milliy statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil yanvar–iyun oylarida yalpi ichki mahsulot (YIM) 807,9 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7,2% ga oshdi.

Asosiy tashqi savdo hamkorlari bo‘lgan davlatlarda ijobiy tendensiyalar saqlanmoqda. Qozog‘istonda YIM 2025 yil yanvar–iyun oylarida 6,2%ni tashkil etdi, Qirg‘izistonda – 11,7%, Xitoyda – 5,3%, Rossiya Federatsiyasi Iqtisodiy rivojlanish vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada 1,4% ga yetdi.

Inflyatsiya. Iste’mol narxlari indeksi 2024 yil dekabr oyiga nisbatan 104,2% ni tashkil etdi, bu esa narxlar o‘sish sur’atlari sekinlashayotganini ko‘rsatadi. Oziq-ovqat va no‘oziq-ovqat tovarlari segmentlarida narxlar o‘rtacha darajada o‘smoqda, shu bilan birga, xizmatlar inflyatsiyaning asosiy drayveri bo‘lib qolmoqda va umumiy iste’mol narxlari darajasiga eng katta ta’sirni ko‘rsatmoqda.

Investitsiya. Asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi 5,5% ga oshib, 273,4 trln so‘mga yetdi. O‘tgan yil boshidagi yuqori o‘sish sur’atlariga nisbatan sekinlashganiga qaramay, investitsiya faolligi barqaror qolmoqda. Investitsiya manbalarida markazlashmagan mablag‘lar, jumladan korxonalar va aholi mablag‘lari, shuningdek, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ustunlik qilmoqda.

Ishlab chiqarish. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 6,6% ga (488,5 trln so‘m), qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida 4,0% ga (194,9 trln so‘m), qurilish ishlari hajmi 10,7% ga (137,6 trln so‘m) oshdi.

Xizmatlar sohasi ham faol o‘sishni namoyon etmoqda: ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 13,3% ga oshib, 458,2 trln so‘mni tashkil etdi, chakana savdo aylanmasi esa 9,7% ga o‘sib, 198,7 trln so‘mga yetdi. Xizmatlar va savdo sohasidagi yuqori o‘sish sur’atlari aholining daromadlarining ortishi, raqamlashtirishning davom etishi, onlayn to‘lovlar va raqamli servislarga o‘tishning ortishi bilan izohlanadi, bu esa xizmatlar sektorini yanada dinamik qiladi.

Tashqi iqtisodiy faoliyat. Tashqi savdo aylanmasi 37 mlrd dollarga yetib, 16,1% ga oshdi. Eksport 16,9 mlrd dollari (+29,1%)ni tashkil etdi, import esa 7,0% ga oshib, 20,1 mlrd dollarga yetdi. Eksportning tezlashishi xizmatlar, xomashyo va energetika resurslari yetkazib berishning ortishi bilan bog‘liq.

Umuman olganda, 2025 yilning birinchi yarim yilligida O‘zbekiston iqtisodiyoti ishonchli tiklanish va tuzilmaning barqarorligini namoyon etmoqda. Faol investitsiya va tashqi iqtisodiy siyosat, real sektorni qo‘llab-quvvatlash hamda inflyatsion bosimning kamayishi ijobiy makroiqtisodiy dinamikani ta’minlamoqda.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi



  ...