Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi

O‘zbekiston maqsadi – 2030 yilgacha barcha sug‘oriladigan yerlarni suv tejovchi texnologiyalar bilan ta’minlash

O‘n yilcha avval xalqaro ekspertlar bilan uchrashuvlarda xavotirli savol muhokama qilingan edi: iqlim o‘zgarishi, yog‘ingarchilikning kamayishi va abadiy muzliklarning erishi Markaziy Osiyoga qanday ta’sir qiladi? Bashorat qilinishicha, 2025 yilga borib mintaqa suv resurslari 5 foizga, 2030 yilga kelib esa 10 foizga qisqaradi va aholiga suv tanqisligi yuzaga keladi.

O‘zbekiston Prezidenti suv xo‘jaligi tizimi oldiga muhim vazifa qo‘ydi – xalqni suv bilan ta’minlash va iqlim o‘zgarishi hamda boshqa omillar sababli yuzaga kelayotgan tanqislikni qoplash.

Amalga oshirilayotgan choralar tufayli 2023 yilda 7 milliard, 2024 yilda esa 8 milliard kub metr suv tejashga erishildi. 2025 yilda bu ko‘rsatkich 10 milliard kub metrgacha yetishi kerak. Bu avval prognoz qilingan suv tanqisligi hajmiga mos keladi. 2030 yilga borib esa yiliga 15 milliard kub metr suvni tejash rejalashtirilmoqda.

Bir paytlar Nukusda grunt suvlari va tuzlar sabab yo‘l yoqalarida hatto maysa ham deyarli o‘smagan, gullar haqida gapirmasa ham bo‘ladi. 2017 yilda Prezident tashabbusi bilan shahar orqali o‘tuvchi Do‘stlik kanali betonlanishi boshlandi. “Nukus” kollektorini bosqichma-bosqich qurish ishlari start oldi. Qisqa fursatda sezilarli natijalarga erishildi: kanalda suv filtrasiyasi kamaydi, grunt suvlari sathi pasaydi. Bugun esa Nukus ko‘chalari gullar ochgan maskanlarga aylandi.

Ilgari G‘ulistonda grunt suvlari haddan tashqari ko‘tarilib ketgani uchun hatto Sirdaryo viloyati ma’muriy markazini Yangiyer shahriga ko‘chirish masalasi ko‘rib chiqilgan edi. Mamlakat rahbari bu muammoni shaxsan nazoratga olib, zarur mablag‘ topildi. Natijada G‘uliston orqali o‘tuvchi kanal rekonstruksiya qilindi va betonlandi, vertikal drenaj quduqlari qurildi, irrigatsiya va melioratsiya ishlari olib borildi, grunt suvlari darajasi sezilarli kamaydi.

Bunday misollar ko‘p. Xususan, Urganchda Shovot kanali betonlangani, Naryn tumanida esa vertikal quduqlar qurilgani hisobiga ko‘p yillik muammolar hal qilindi.

Prezident tashabbusi bilan suv xo‘jaligiga yirik investitsiyalar jalb qilinmoqda. Islom taraqqiyot banki (ITB) ishtirokida Xorazmdagi Toshsoqa kanali modernizatsiya qilinmoqda; Jahon banki mablag‘lari hisobidan Farg‘ona vodiysidagi kanallar rekonstruksiya qilinmoqda; Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda Buxoro viloyatida, ITB kreditlari hisobidan esa Surxondaryoda ishlarga kirishilgan. Natijada bu hududlarda grunt suvlari darajasi ko‘p yillik o‘rtacha ko‘rsatkichlarga nisbatan 0,3–0,5 metrga kamaydi, kanallar samaradorligi sezilarli oshdi.

Eng asosiysi – sug‘oriladigan yerlarning suv ta’minoti yaxshilandi. Ko‘plab joylarda minglab kichik nasos stansiyalariga ehtiyoj qolmadi, chunki endi suv o‘z oqimi bilan yetib bormoqda. Bu esa elektr energiyasi va ekspluatatsiya xarajatlarini tejash imkonini berdi.

2023 yil 29 noyabr kuni suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularning yo‘qotilishini kamaytirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida davlat rahbari kanallar va ariq-zovurlarni betonlash zarurligini alohida ta’kidladi.

Hisoblarga ko‘ra, tabiiy qoplamali irrigatsiya tizimlarida har yili 14 milliard kub metr (36 foiz) suv hech qanday foyda keltirmasdan yo‘qotiladi. Shu sababli suv xo‘jaligida 2024 yil kanallarni betonlash bo‘yicha shiddatli yil deb e’lon qilindi. Davlat byudjetidan 555 km kanalni rekonstruksiya qilish uchun 676,7 mlrd so‘m ajratildi. Klaster va fermer xo‘jaliklari esa 13,5 ming km ichki sug‘orish tarmoqlarini tartibga keltirib betonlashdi.

Bu quruq raqamlar emas – ular ortida xalqning farovonligi va har bir dasturxonda mo‘l-ko‘llik mujassam.

Yaqin-yaqingacha tomchilatib sug‘orish O‘zbekiston sharoitiga to‘g‘ri kelmaydi, issiq iqlimda eng maqbul usul ariqlar orqali sug‘orish, degan xato qarash mavjud edi. Ammo 4,3 mln gektar sug‘oriladigan yerlarning qariyb yarmi so‘nggi yetti yilda suv tejovchi texnologiyalar bilan qamrab olindi.

Bu siyosatni qo‘llab-quvvatlash uchun shu davrda O‘zbekiston Prezidenti tomonidan yetti ta qaror va farmon qabul qilindi. Ilgari uskunalar va butlovchi qismlar chetdan olib kelinar edi. 2019 yilda bunday texnologiyalar bilan shug‘ullanuvchi atigi ikki-uchta korxona mavjud edi, bugun esa ularning soni 60 dan oshdi. Mahalliylashtirish natijasida har gektardagi tannarx 20 foizga pasaydi, joylarda servis xizmati yo‘lga qo‘yildi. Faqat 2024 yilning o‘zida suv tejovchi texnologiyalar orqali 2,5 mlrd kub metr suv tejab qolindi.

Davlat rahbarining talablari, shuningdek kredit va subsidiyalar bo‘lmaganda, ehtimol hanuz ayrim texnologiyalar sharoitimizga to‘g‘ri kelmaydi, deb o‘zimizni ovutishda davom etar edik.

Oldimizda ulkan maqsad turibdi – 2030 yilgacha respublika sug‘oriladigan yerlarining barchasini suv tejovchi texnologiyalar bilan ta’minlash. Bu ko‘rsatkichga erishish uchun atigi bir necha yil qoldi.

O‘zbekiston suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish va zamonaviy suv resurslarini boshqarish metodlarini qo‘llash masalasida mintaqa davlatlari orasida tashabbuskor bo‘lib chiqmoqda.

“Markaziy Osiyoda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha mintaqaviy dastur ishga tushirish uchun kuchlarni birlashtirishga chaqiramiz”, – dedi mamlakatimiz Prezidenti Samarqand xalqaro iqlim forumidagi nutqida.

Aytgandek, yaratilgan sharoitlar tufayli bu yili ilg‘or mahalliy fermerlar orasida yangi harakat shakllandi: tobora ko‘proq xo‘jaliklar suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llash maqsadida quyosh panellariga o‘tmoqda.

To‘g‘risini aytganda, suv xo‘jaligiga yo‘naltiriladigan barcha byudjet mablag‘larining qariyb 70 foizi elektr energiyasiga sarflanadi, bu esa qariyb 7 mlrd kVt/soat bo‘lib, 1700 ga yaqin nasos stansiyalari faoliyati uchun ishlatiladi.

Ko‘rilgan choralarga ko‘ra, 2017 yilda iste’mol 8,3 mlrd kVt/soat bo‘lgan bo‘lsa, 2024 yilda 6,5 mlrd kVt/soatgacha kamaydi.

2024 yil 7 noyabr kuni davlat rahbari boshchiligida suv va energetika resurslaridan oqilona foydalanish, shuningdek qishloq xo‘jaligidagi yo‘qotishlarni kamaytirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda 1 mlrd dollar mablag‘ evaziga Qarshi, Amu-Buxoro va Amu-Zang kabi yirik nasos stansiyalari modernizatsiya qilindi. Ammo o‘rta va kichik nasoslarning eskirganligi sababli suvning tannarxi hanuz oshib bormoqda.

Shunday muammolarni hisobga olgan holda, yig‘ilishda yangi vazifalar belgilandi va 2025 yil suv xo‘jaligida nasos stansiyalari samaradorligini oshirish yili deb e’lon qilindi.

Mamlakat Prezidenti ta’kidlaganidek, raqamlashtirish sohada tub o‘zgarishlarga olib keladigan yagona yo‘ldir: u shaffoflikni, aniqlikni ta’minlaydi va korrupsiyaning oldini oladi.

“Yangi O‘zbekiston – 2030” strategiyasi hamda 2020–2030 yillarga mo‘ljallangan Suv xo‘jaligini rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan vazifalarni inobatga olgan holda suv xo‘jaligida raqamlashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi va qator texnologik yechimlar joriy qilindi. Xususan, suv resurslarini onlayn monitoring qilish uchun suv omborlari va irrigatsiya tizimlaridagi 13 174 ta suv o‘lchov postiga “Aqlli suv” tizimlari, grunt suvlarining sathi va tuproqning minerallashuv darajasini nazorat qilish uchun 10 296 ta meliorativ quduqqa Diver qurilmalari, 1748 ta nasos stansiyasiga suv sarfini nazorat qiluvchi asboblar o‘rnatildi, 96 ta yirik suv xo‘jaligi obyektlari avtomatik boshqaruvga o‘tkazildi.

Suv xo‘jaligi vazirligi huzurida Suv xo‘jaligini raqamlashtirish markazi tashkil etildi, Suv hisobi va Nasos stansiyalari axborot tizimlari yaratildi. Davlat rahbarining 2024 yil 23 sentyabrdagi “Qashshoqlikdan farovonlikka” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori davlatning xalqga g‘amxo‘rligini yorqin ifoda etdi. Hujjatga ko‘ra, eng ko‘p muhtoj 1000 ta mahallada tomorqa yerlarini sug‘orishni yaxshilash, elektr energiyasi yetkazib berishni barqaror qilish, internet sifatini oshirish, ichki yo‘llarni ta’mirlash va boshqa infratuzilmani modernizatsiya qilish uchun 3,2 trln so‘m yo‘naltiriladi.

O‘zbekiston Prezidenti odamlar ertaga emas, balki bugun yaxshi yashashi kerak, degan g‘oyani ilgari suradi. Shu maqsadda “Qashshoqlikdan farovonlikka” dasturi doirasida 2025 yilda keng ko‘lamli loyihalar amalga oshirilmoqda: 864 obyekt bo‘yicha 1,1 trln so‘m mablag‘ evaziga 1882 km sug‘orish tarmoqlari betonlandi; 185 km lotok tarmoqlari, 380 km quvurlar, 818 ta sug‘orish quduqlari qurildi; 421 ta nasos agregati o‘rnatildi. Suv tanqisligi mavjud 467 ming xonadondagi 77,5 ming gektar tomorqa yerlarining suv ta’minoti yaxshilandi.

Ha, hayot qiyinchiliksiz bo‘lmaydi. Ba’zan suv yetishmaydi, ba’zan ortiqcha bo‘ladi. Ammo nima bo‘lganda ham, O‘zbekiston xalqi tinchlik va osoyishtalikka loyiq. Yaxshiyamki, bu yurtning har bir farzandi haqida o‘ylaydigan rahbar bor. Aynan mamlakat Prezidentining uzoqni ko‘ra biladigan siyosati tufayli biz barqaror rivojlanish yo‘liga chiqdik, xalqning hayoti esa yildan yilga yanada farovon bo‘lib bormoqda.

Shavkat Xamrayev,
O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri

  ...