Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi

O‘zbekiston va Ozarbayjon 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga birgalikda mezbonlik qilish uchun ariza topshirdi



FIFA 2027 yilda bo‘lib o‘tadigan 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionati (FIFA U-20 World Cup) mezbonligini ko‘rib chiqishni boshladi.
O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi yillarda turkiyzabon davlatlarda futbol sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilayotgan sharoitlar hamda xalqaro maydondagi nufuzdan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston va Ozarbayjon futbol uyushmalari yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionati mezbonligini yuqori saviyada o‘tkazishga ishonch bildirgan holda o‘z qo‘shma nomzodini ilgari surdi.

Bugungi kunda Ozarbayjon bilan birga O‘zbekiston ham nufuzli musobaqani qabul qilishga har tomonlama tayyor. So‘nggi yillarda stadionlar xalqaro standartlarga mos ravishda tartibga keltirildi. Qo‘shimcha ravishda, Osiyoning U-20, U-23 turnirlari, Markaziy Osiyo tarixida ilk bor o‘tkazilgan futzal bo‘yicha Jahon chempionati mezbonligi katta tajriba vazifasini o‘tadi. Ushbu mezbonlik FIFA prezidenti Janni Infantino tomonidan tarixdagi eng yaxshi mundial sifatida e’tirof etildi.

Yurtimiz har doimgidek o‘zining mehmondo‘stligi, professional yondashuvi, futboldagi fidoyiligi va, albatta, futbolsevar muxlislarning mehri bilan butun dunyo e’tiborini qozonishga tayyor.

“Dunyo” AA



  ...