O‘zbekistonning Yaponiyadagi Elchixonasi va Yaponiya-Xitoy "Bir makon, bir yo‘l" tashabbusini ilgari surish assotsiatsiyasi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasining investitsiyaviy va turistik salohiyatini yoritishga bag‘ishlangan biznes seminari tashkil etildi.
Seminarda assotsiatsiya raisi Yosikazu Ono boshchiligida 30 dan ortiq kompaniya vakillari ishtirok etdi.