Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi

Hurmatli musiqa ixlosmandlari!



YuNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Samarqand shahrida joriy yil 25-30-avgust kunlari Sharq taronalari xalqaro musiqiy festivali bo’lib o’tishini ma’lum qilamiz!

Samarqand - bu qadimiyligi va dovrug’i jihatidan jahonning Rim, Afina, Bobil kabi shaharlariga qiyoslanadi. Ayni Samarqand shahridagi noyob arxitektura yodgorliklaridan biri – Registon maydonida “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali 1997-yildan beri har ikki yillikda YuNESKO homiyligida muntazam ravishda o‘tkazilib kelinmoqda. Har mavsumda 70 dan ziyod mamlakatlardan ishtirokchilar va mehmonlar tashrif buyurmoqda.

Mazkur Markaziy Osiyodagi eng yirik festivalning asosiy maqsadi xalqlarning milliy musiqa san’atidagi eng ilg‘or yutuqlarni keng targ‘ib qilish, buyuk an’analarini asrab-avaylash va rivojlantirish, musiqa va vokal yo‘nalishidagi iste’dodlarni rag‘batlantirish, shuningdek, xalqaro ijodiy aloqalarni yanada kengaytirish, madaniy-ma’naviy hamkorlikni mustahkamlash, tinchlik, do‘stlik va o‘zaro hamdardlik g‘oyalarini ulug‘lashdan iborat.

Festivalda ishtirok etish istagida bo’lganlar!

Quyidagi kerakli hujjatlarni sharqtaronalari2024@gmail.com pochta manziliga yuboring:

• To’ldirilgan anketa (ilova qilingan).

• O‘zingiz yoki guruhingizning Fotosurati.

• Tarjimayi hol: yakkaxon ishtirokchilar uchun shaxsiy tarjimayi holi yoki ansambllar uchun guruh biografiyasi.

• Qo'shiqlar ro'yxati: festival doirasida ijro etish rejalashtirilgan qo'shiqlar ro'yxati.

• Konferentsiyada ishtirok etish uchun: Konferentsiyada ishtirok etuvchilar uchun mavzu nomi, tezis va boshqa kerakli ma'lumotlarni (talablar ilova qilinadi) kiriting.

• Pasport nusxasi.

• Guruh a'zolari ro'yxati: Har bir guruh a'zosi uchun quyidagi ma'lumotlardan iborat alohida hujjat taqdim eting: Ism, jins, tug'ilgan sana, pasport berilgan sana va pasportning amal qilish muddati.

Iltimos, shuni esda tutingki, ushbu hujjatlarsiz arizalar ko'rib chiqilmaydi. Bunda anketalar va rezyumelar to'liq va to'g'ri to'ldirilganligi juda muhimdir.

Har qanday savol yoki qo'shimcha yordam uchun kontakt ma’lumotlari:

• Telefon: +99890 333 71 32 (Telegramda mavjud)

• Telefon: +81-3-6277-2166 (O'zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi)

• Elektron pochta: sharqtaronalari2024@gmail.com

• Veb-sayt: https://sharqtaronalari2024.uz/

Festivalda ishtirokingizni kutib qolamiz.

 

 



  ...