Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi

O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi Navro‘z bayrami munosabati bilan zilziladan jabr ko'rganlar uchun xayriya aksiyasini o‘tkazdi



“Navroʼz” umumxalq bayrami arafasida Oʼzbekistonning Yaponiyadagi Elchixonasi tomonidan Nanao xalqaro aloqalar markazi va "YOU-I" NNT koʼmagida Ishikava prefekturasining Nanao shahridagi Yatago jamiyat markazida 2024-yil yanvar oyida Noto yarim oroli yaqinida roʼy bergan kuchli zilzila oqibatida jabr koʼrgan shaxslar uchun hayriya tadbiri tashkil qilindi.

Tadbirda milliy taomimiz palov va quruq mevalar ikki mahalda (kunduzi va kechasi) tortiq qilinib, jabr koʼrganlarning koʼnglini koʼtarish maqsadida Yaponiyada faoliyat yuritayotgan qoʼshiqchi Mashu Komazaki hamda “Guliston” raqs ansambli tomonidan milliy kuy va raqslarimiz namoyish qilindi.

Shu bilan birga, “Oʼztoʼqimachiliksanoat” uyushmasi koʼmagida yurtimizdan “Sam Rafoat Tekstil” va “Haj Tex Group” fabrikalari tomonidan taqdim qilingan toʼqimachilik mahsulotlari olib kelinib, Evakuatsiya markaziga hadiya qilindi.

Navroʼz umumxalq bayrami yurtimizda “Yangilanish va yosharish” timsoli sifatida keng nishonlanishini inobatga olib, Noto yarim orolida ham tez fursatlarda yangilangan hayot va osoyishtalik boshlanishini tilab qolamiz.



  ...