Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi

WADA O‘zbekiston antidoping agentligi faoliyatini yuqori baholadi



Butunjahon antidoping agentligining (WADA) 2023 - yil dekabr oyidagi yillik hisobotida O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi dunyoning 206 davlati orasida eng kuchli guruhdan o‘rin oldi.

WADA tomonidan 206 ta davlatdagi Milliy antidoping tashkilotlarining faoliyati 4 guruhga (1-guruh yuqori, 2-guruh yaxshi, 3-guruh qoniqarli va 4-guruh qoniqarsiz) bo‘lingan holda baholab boriladi. Shuni aytish joizki, O‘zbekiston antidoping sohasida yosh mamlakat bo‘lishiga qaramay 1-guruh, ya’ni faoliyati yuzasidan yuqori natijalar qayd etgan mamlakatlar qatoridan joy oldi. Bu guruhdan MDH mamlakatlari orasida O‘zbekiston, Belarus, Rossiya va Qozog‘iston joy olgan bo‘lsa, Ozarbayjon, Armaniston, Qirg‘iziston 2-guruhdan, Tojikiston, Turkmaniston va Moldova esa 3-guruhdan o‘rin oldi.

Butunjahon antidoping agentligi Kodeksi talablarini o‘z vaqtida bajarish, ya’ni sportchi, shifokor va murabbiylarni antidoping sohasidagi bilimlarini oshirish, doping sinamasidan o‘tish hamda Xalqaro toifadagi doping ofitseri va surishtiruv-ofitserlari mavjudligi va eng asosiysi muvofiqlik darajasi berilishiga qarab guruhlar bo‘linadi.

O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi Butunjahon antidoping Kodeksining muvofiqlik nazoratidan 2023-yil II choragida muvaffaqiyatli o‘tgan Milliy antidoping agentligi hisoblanadi.

Ta’kidlash kerakki, Butunjahon antidoping agentligi tomonidan nomuvofiq deb topilgan mamlakatlarga nisbatan sanksiyalar qo‘llaniladi. Canksiyalar Kodeks talablariga to‘liq, qisman yoki umuman mos kelmaslik turlariga qarab farq qiladi. Misol uchun, mamlakat nomidan xalqaro musobaqalarda ishtirok etmaslik, ishtirok etgan taqdirda mamlakat bayrog‘i ko‘tarilmasligi kabi jazo turlari mavjud.



  ...