Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi

DIQQAT: Yaponiyaning Shizenkan universiteti ikki yillik “MBA” dasturida o’qish uchun grant e’lon qildi!



DIQQAT: Yaponiyaning Shizenkan universiteti ikki yillik “MBA” dasturida o’qish uchun grant e’lon qildi!

Ta'lim muassasasi: Shizenkan universiteti Liderlik va innovatsiyalar oliy maktabi

Mutaxassisligi:Etakchilik va innovatsiyalar bo'yicha mutaxassislik

Darajasi: Ijtimoiy innovatsiyalar uchun Etakchilik va Dizayn bo'yicha Biznes boshqaruvi magistri(MBA)

Yillik qabul kvotasi: 80 nafar talaba

O'qishga qabul qilish: 2024 yil 20-avgust

Nomzodga qo’yilgan talablar:

Nomzodlar kamida uch yillik toʻliq ish tajribasiga ega boʻlishi va ayni paytda, quyidagi shartlarning biriga mos kelishi talab etiladi ( 2024-yil 20-avgust holatiga ko’ra)

* Universitet yoki kollejni tamomlaganligi bo’yicha diplom ega bo’lsa;

* Yaponiya Oliy taʼlimda akademik darajalar va sifatni oshirish milliy institutidan bakalavr darajasini olgan bo’lsa;

* Xorijiy davlatda 16 yillik ta’limni tamomlagan bo’lsa;

* Yaponiya Ta'lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vazirligi tomonidan rasman tan olingan bo’lsa;

* Shizenkan Qabul komissiyasi tomonidan dasturga qabul qilinadigan ta'lim, bilim, ko'nikma va intilish bo'yicha malakaga ega deb hisoblansa.

Ta’lim granti quyida ko'rsatilgan barcha talablarga javob beradigan nomzodga beriladi.

*Shizenkan universitetining ta'lim siyosatini to’liq tushunadigan va unga hayrixoh bo'lgan;

* Yaxlit boshqaruvchi rahbar sifatida o’z ustida doimiy ishlashga, o’qish-izlanishga g’ayratli hamda o’qish davomida kursdoshlarining ham rivojlanishiga hissa qo'sha oladigan;

* O’zini-o’zi moliyalashda ma’lum qiyinchilikka ega

!Agar nomzodlar kompaniya / tashkilot homiyligida bo'lsa yoki butun o'quv to’lovi uchun boshqa tashqi moliyaviy yordamga ega bo’lsa, u stipendiya olish huquqiga ega emas.

* Hech qanday fuqarolik cheklovi yo'q.

Arizalar onlayn tarzda topshiriladi.

 

Dastur haqida batafsil quyidagi havola orqali tanishing

https://shizenkan.ac.jp/en/program-en/admission-en/



  ...