Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi

Yaponiyadagi o’zbekistonlik talabalar diqqatiga: stipendiya tanlovi muddati uzaytirildi



O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi Yaponiyaning Inson resurslari tarmog‘i xalqaro tashkiloti fondi (IHNO) bilan inson resurslari va akademik almashinuv loyihalarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida e’lon qilingan stipendiya tanloviga ariza topshirish muddati 2023 yil 27 oktabrgacha uzaytirilganini ma’lum qilamiz.

Stipendiya olish uchun qoyilgan asosiy talablar*:
1) talaba maqomi (talabalik vizaga ega bo‘lish);
2) yarim kunlik ish bilan band bo‘lish. Yaponiyada immigratsiya qonuniga rioya qilgan holda: bir haftada ish soati 28 soatdan, ta’til paytida 40 soatdan ko‘p bo‘lmasligi zarur.

*Talabalik vizasi muddati tugagan yoki mehnat qonunchiligining soatlik tartiblari buzilgan taqdirda stipendiyalarni to‘lash to‘xtatiladi.

Stipendiyalar soni – 10 ta.
Amalga oshirish muddati – 2023-yil dekabridan – 2025-yil noyabrigacha.
Grant miqdori nomzodlarning kunlik ishi davomiyligiga bog‘liq:
- oyiga 50-80 soat ishlaydiganlar uchun 10 ming yen;
- oyiga 80-100 soat ishlaydiganlar uchun 20 ming yen;
- oyiga 100 soatdan ortiq ishlaydiganlar uchun 30 ming yen.

Tanlovda qatnashish uchun quyidagi hujjatlarni topshirish zarur:
□ Anketa**
□ Esse (Yapon tili maktabi talabasi uchun 400 dan ko‘p belgi, kasb-hunar maktabi talabasi uchun 800 dan ko‘p belgi. Faqat qo‘l yozuvida).
□ Chet el fuqarolarining shaxsiy kartasi nusxasi
□ 3 oy ichida berilgan talabalik sertifikati (asl nusxasi)
□ JLPT kabi yapon tilini bilish sertifikatlari (mavjud bo‘lsa)
□ Bank hisobi to‘g‘risidagi ma’lumot (fond tomonidan ko‘rsatilgan format)***
□ “Japan Post Bank” hisob kitobi nusxasi (hisob raqami ko‘rsatilgan sahifa)
□ Tilxat.

** Shu yerdan yuklab oling!
*** Iloji bo‘lsa, “Japan Post Bank” xizmatlaridan foydalaning

Hujjatlarni education@uzbekistan.jp elektron manziliga yuboring.
Hujjatlarni topshirish muddati – 2023 yil 27-oktabrgacha
Natijalarni e’lon qilish muddati – 2023 yil 20-noyabr



  ...