Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi

Oliy taʼlim tizimidagi islohotlar



2017–2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha Harakatlar strategiyasi hamda uning mantiqiy davomi hisoblangan 2022–2026 yillarga moʼljallangan Yangi Oʼzbekistonning taraqqiyot strategiyasi doirasida oliy taʼlim tizimini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan islohotlar natijasida oliy taʼlim muassasalari (OTM) soni 2017 yildagi 77 tadan 2023 yilga kelib 211 taga, shundan xorijiy OTMlar soni 5 tadan 30 taga, OTMlardagi talabalar soni 314,5 ming nafardan 1200,0 ming nafarga, dissertatsiya himoyalari soni 343 tadan 1765 taga yetkazildi.

Shuningdek, 41 ta yetakchi davlat OTMlarga moliyaviy, ilmiy va tashkiliy masalalarda mustaqillik berildi, 71 ta OTMlarda sirtqi taʼlim shakli, 15 ta OTMlarda masofaviy taʼlim shakli va 18 ta OTMlarda kechki taʼlim shakli joriy etildi.

2022-2023 oʼquv yilidan boshlab davlat OTMlarning magistraturasiga qabul qilish, talabaning bakalavr darajasining oʼrtacha balli va chet tilini bilish darajasi boʼyicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikat asosida xamda mutaxassislik fanidan xech qanday imtihonlarsiz amalga oshirilishi belgilandi.



  ...