Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi

To‘qimachilik sanoati sohasida hamkorlik qilish istagida bo‘lgan xorijiy tadbirkorlarga raqamlashtirilgan B2B platformasi yaratildi



“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi to‘qimachilik sanoati sohasida hamkorlik qilish istagida bo‘lgan xorijiy tadbirkorlarga raqamlashtirilgan www.uzbtextile.com - V2V platformasining yaratilganini ma’lum qiladi.

Hozirgi kunda bu platforma MDH davlatlari orasida yagona bo‘lib, o‘zida to‘qimachilik korxonalariga biznes hamkor yoki haridor topishda qulaylik yaratuvchi tizimdir. Platforma ingliz tilida so‘zlashuvchi davlatlarni rusiyzabon davlatlar bilan o‘zaro bog‘laydi.

Platforma quyidagi imkoniyatlarni beradi:

• To‘qimachilik korxonalarining o‘zaro ma’lumot almashinuvini ta’minlash va to‘qimachilik bozorini tahlil qilish;

• O‘zbekiston to‘qimachilik korxonalari bilan qisqa vaqt ichida eksport shartnomalarini tuzish;

• jahon to‘qimachilik kompaniyalari, brendlar va boshqa ta’minot zanjiridagi tashkilotlar mahalliy to‘qimachilik korxonalari bilan bog‘lanishda qulaylik yaratish.

Platforma hozirgi kunda o‘zbek, rus va ingliz tillarida mavjud bo‘lib, ayni damda Appstore va MarketPlay orqali yuklab olish imkoniyatlari mavjud.

Bugungi kunga kelib 1700 dan ortiq kompaniyalar plaftormada ro‘yxtadan o‘tgan va yangi hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan.



  ...