Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi

Xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari 2023-yil 8-10-noyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitini yoritish uchun akkreditatsiyadan o‘tish uchun ariza topshirishlari mumkin.



2023-yil 8-10-noyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitini yoritish uchun xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari eco-press.mfa.uz saytidan ro‘yxatdan o‘tishlari zarur.

Xorijiy OAV vakillaridan arizalar 2023-yil 20-oktabrgacha qabul qilinadi.

Belgilangan muddatdan keyin yuborilgan murojaatlar, shuningdek, zarur ma’lumotlar ilova qilinmagan arizalar ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi.

Shu bilan birga, sammitni yoritishda ishtirok etish uchun xorijiy OAV vakillarining topshirgan arizalari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan ularning akkreditatsiya qilinganligi to‘g‘risidagi tasdiqnomasiz O‘zbekistonga tashrif buyurish va professional faoliyat bilan shug‘ullanish uchun asos bo‘la olmaydi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun eco-press@mfa.uz elektron pochtasi orqali murojaat qilish mumkin.



  ...