Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi

Oʼzbekistonning Nagoya shahrida Faxriy konsulligi ochildi



Oʼzbekiston va Nagoya shahri oʼrtasida doʼstlik aloqalarini rivojlantirish, ikkitomonlama iqtisodiy, madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish, hamda Nagoya shahri va Аichi prefekturasida istiqomat qilayotgan fuqarolarimizni har tomonlama qoʼllab-quvvatlash maqsadida 2023 - yil 19-sentabr kuni Oʼzbekiston Respublikasining Nagoya shahridagi Faxriy Konsulligining ochilish marosimi oʼtkazildi.

Marosimda Yaponiya parlamenti deputatlari, vazirliklar, Аichi prefekturasi, Nagoya shahri maʼmuriyati va deputatlari, "Nagoya-Oʼzbekiston” parlament ligasi aʼzolari, Nagoya savdo-sanoat palatasi, kompaniyalar, universitetlar, jamoatchilik tashkilotalari vakillari, Nagoya shahrida joylashgan diplomatik korpus vakillari hamda ushbu hududda yashayotgan vatandoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirda “IM Corporation” kompaniyasi maslahatchisi, “Nagoya-Oʼzbekiston” doʼstlik assotsiatsiyasi maslahatchisi Xiroyuki Ito Oʼzbekiston Respublikasining Nagoya shahridagi Faxriy konsuli etib tayinlandi.



  ...