Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi

Vatandoshlar o‘rtasida Tokio shahrida mini-futbol bo‘yicha turnirning final uchrashuvlari tashkil qilindi



17-sentabr kuni Tokiodagi «Yoyogi Futsal Stadium» stadionida vatandoshlar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi Elchixonasi va “Vatandoshlar” jamoat fondi tomonidan Vatanimiz Mustaqilligining 32 yillik bayramiga bag‘ishlab tashkil etilgan mini-futbol bo‘yicha turnirining final uchrashuvlari tashkil qilindi.

Ma'lumot uchun: Vatandoshlar o‘rtasida futbol musobaqasida ishtirok etishga xayrihoxlik bildirgan jami 15 jamoa ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ishtirokchilar umumiy soni 132 kishini tashkil qilgan.

Turnirning rasmiy ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi M.Abduraxmonov so‘zga chiqib, “Vatandoshlar” jamoat fondi xususida batafsil ma'lumot berdi va ular tomonidan tashkil qilinayotgan tadbirlarda faol qatnashishga chaqirildi.

Yaponiyadagi fuqarolarimizga, ayniqsa yoshlarga qarata ular tomonidan amalga oshirilayotgan barcha harakatlarining asosiy maqsadi Vatanimiz ravnaqiga xizmat qilinishi va o‘zlari Yaponiyada orttirgan boy tajribalarini Vatanimiz rivojlanishiga hissa qo‘shish dolzarbligi aytib o‘tildi.

Uchrashuvlarga start berilishidan oldin Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, xalqaro toifadagi hakam R.Irmatov videokonferens-aloqa orqali ishtirokchilarga o‘z tabriq so‘zlarini yo‘lladi.

Final bosqichida “Alien”, “Baigaeshi”, “Kasai” va “Olot City” jamolari uzaro bellashdilar va birinchi o‘rinni «Alien», ikkinchi - «Kasai» va uchinchi - «Baigaeshi» egalashdi.

Takdirlash marosimida Elchi M.Abduraxmonov turnir g‘oliblarini “Vatandoshlar” jamoat fondi tomonidan taqdim qilingan maxsus sovg‘alar bilan taqdirladi.

Tadbir yakunida vatandoshlarga milliy taomlar tortiq qilindi va san'atkorlar tomonidan mehmonlarga hush kayfiyat ulashildi. Qatnashchilar kelgusida vatandoshlar o‘rtasida tashkillashtiriladigan sport tadbirlarida faol ishtirok etishga chaqirildi.



  ...