Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi

Markaziy Osiyo mamlakatlari va BMTning mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash masalalari bo‘yicha hamkorligi



Keyingi yillarda Markaziy Osiyo tashqi siyosatdagi sheriklar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirishning yangi bosqichiga qadam qo‘ydi, ular orasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti muhim o‘rin tutadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 2020-yil sentabr oyida bo‘lib o‘tgan 75-sessiyasida xalqaro hamjamiyat oldida so‘zlagan nutqida Markaziy Osiyo xavfsizligini ta’minlashda hamkorlikni mustahkamlash muhimligini ta’kidladi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning ixtisoslashgan muassasalari bilan faol hamkorlik qilish Markaziy Osiyo davlatlariga xavfsizlik va barqaror rivojlanish masalalarida o‘z salohiyatini sezilarli darajada mustahkamlash, jahon hamjamiyatining e’tiborini ushbu sohalarda mintaqada mavjud muammolarga jalb qilish imkonini berdi.

Bugungi kunda BMTning Taraqqiyot Dasturi (UNDP), Narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi (UNODC), BMTning Markaziy Osiyo uchun Profilaktik Diplomatiya boʻyicha Mintaqaviy Markazi, BMTning Aholishunoslik jamgʻarmasi (UNFPA va BMTning bolalar jamgʻarmasi (UNICEF), Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (WHO), BMTning Taʼlim, fan va madaniyat tashkiloti (UNESCO), Xalqaro mehnat tashkiloti (ILO), BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO), Xalqaro migratsiya tashkiloti Markaziy Osiyoda faoliyat yuritadi.

Markaziy Osiyo davlatlari va BMT oʻrtasida hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan davrda mintaqa davlatlari mintaqaviy rivojlanish va xavfsizlikning koʻplab dolzarb muammolariga yechim topishda salmoqli muvaffaqiyatlarga erishdi. Jumladan, Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli hudud tashkil etish, Afgʻonistondagi vaziyatni tartibga solish boʻyicha xalqaro saʼy-harakatlarda faol ishtirok etish, Markaziy Osiyo davlatlarining ushbu maqsadlarni amalga oshirish boʻyicha Qoʻshma harakatlar rejasini qabul qilish va amalga oshirish. BMTning Global aksilterror strategiyasi, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning prekursorlarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish boʻyicha Markaziy Osiyo mintaqaviy axborot muvofiqlashtirish markazini tashkil etish, Orol muammosi boʻyicha BMT Maxsus komissiyasini tashkil etish va BMTning “Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasiga Bosh Assambleyada kuzatuvchi maqomini berish to‘g‘risida”gi rezolyutsiyani qabul qilish va h.k.

(Maqola rus tilida berilgan)

 



  ...