Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi

Yaponiyaning IHNO jamg'armasi bilan bitim imzolandi



Joriy yil 31-iyul kuni O'zbekiston elchixonasida Yaponiyaning inson resurslari tarmog'i xalqaro tashkiloti fondi (IHNO) bilan hamkorlik bitimi imzolandi.

Ma'lumot tariqasida, IHNO jamg'armasi 2017-yil tashkil etilgan bo'lib, inson resurslari va akademik almashinuv loyihalarini qo'llab-quvvatlashga homiylik qiladi.

Mazkur hamkorlik bitimi Yaponiyada tahsil olayotgan vatandoshlarimizni moddiy tomondan qo'llab-quvvatlash orqali ikki davlat do'stona munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan.

Uchrashuvda joriy loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilgan taqdirda, stipendiyalar va nomzodlar sonini kengaytirish bo'yicha kelishib olindi.

Shu bilan birga, IHNO jamg'armasi bilan Yaponiyada o'zbekistonlik talabalar sonini ko'paytirish, O'zbekistonga bag'ishlangan targ'ibot tadbirlarini birgalikda o'tkazish bo'yicha fikr almashildi.



  ...