Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi

Yaponiya hukumati O'zbekiston bilan yashil iqtisodiyotga o'tish bo'yicha ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash niyatida



Yaponiyaga tashrif doirasida Bosh vazir o'rinbosari Jamshid Qo'chqorov j.y. 27 iyul kuni Yaponiya Iqtisodiyot, savdo va sanoat vaziri Yasutoshi Nishimura bilan uchrashuv o'tkazdi.

Uchrashuv avvalida janob ya.Nishimura Prezident Sh.M.Mirziyoevga yaqinda bo'lib o'tgan prezidentlik saylovida ishonchli g'alaba qozongani bilan tabrigini aytib, eng ezgu tilaklarini etkazishni so'radi.

Janob vazir O'zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasining lokomotivi ekanligini ta'kidlab, Yaponiya hukumati kadrlar tayyorlash, sanoatni rivojlantirish hamda yashil iqtisodiyotga o'tish bo'yicha ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash niyatida ekanligini bildirdi.

O'z navbatida, o'zbek tomoni O'zbekiston hukumatining keyingi 7 yillik rivojlanish dasturi O'zbekistonning boshlagan islohotlariga sodiqligini ko'rsatishini ta'kidlab o'tdi.

Kelgusida ikki tomonlama hamkorlikning asosiy yo'nalishlari sifatida yashil transformasiya, barqaror rivojlanish, kichik va o'rta biznesni rivojlantirish sifatida belgilab olish muhim ekanligi bildirildi.



  ...