Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi

“Ikkinchi Markaziy Osiyo – Virtual EXPO (CAVEX II)” onlayn tadbiri xususida


Yaponiyaning Rossiya va yangi mustaqil davlatlar bilan savdo assotsiatsiyasi (ROTOBO) 2022-yil 17-yanvardan 4-martgacha “Ikkinchi Markaziy Osiyo – Virtual EXPO (CAVEX II)” onlayn tadbirini oʻtkazishni rejalashtirmoqda.

Pandemiya boshlanganiga qariyb 2 yil bo’ldi. Hanuzgacha butun dunyo bo‘ylab xorijga chiqishga cheklovlar mavjud. Bu esa tadbirkorlarning yangi xorijiy hamkorlar bilan ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatishiga to‘sqinlik qilmoqda. Ushbu vaziyatni inobatga olgan holda ROTOBO 2022 yilda Yaponiya va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida biznesni rivojlantirish, savdo va investitsiyalarni rivojlantirishga bag‘ishlangan “CAVEX II” ko‘rgazmasini o‘tkazishga qaror qildi. Ushbu tadbir doirasida onlayn tarzda yangi biznes imkoniyatlarini yaratadigan virtual ko'rgazma, sarmoyaviy vebinarlar, virtual sayohatlar, onlayn B2B va boshqalar rejalashtirilgan.

ROTOBO Yaponiya va Markaziy Osiyodagi kompaniyalar bilan ishbilarmonlik hamkorlikni yo'lga qo'yishdan manfaatdor bo'lgan barchani taklif etadi va ushbu platforma faol netvorking uchun samarali vositaga aylanishiga umid qiladi.

O’zbekistonning vebinarlari 24-26 yanvar kunlari o’tkazilishi rejalashtirilgan.



  ...