Ramazon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlat va hukumatlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlaridan tabrik maktublari kelmoqda. Ularda Prezidentimizga sog‘lik va muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tilab, ezgu istaklar izhor etilgan.
Jumladan, quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:
Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti - Elboshi Nursulton Nazarboyev
Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev
Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov
Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon
Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev
Turkiya Respubliksi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an
Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G‘ani
Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayon
Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay Amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum
Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni o‘rinbosari, Abu-Dabi Amirligi valiahdi – Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon
Quvayt Amiri Saboh al-Ahmad al-Jobir as-Saboh
O‘mon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Said
Iordaniya Podshohi Abdulla II
Yaman Respublikasi Prezidenti Mansur Hodiy
Falastin Prezidenti Mahmud Abbos
Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi Bosh kotibi Bag‘dat Amreyev.
Qutlovlar kelishi davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti