Shavkat Mirziyoyev: Har qanday mukofot el-yurt e’tirofi, Vatan ishonchidir
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga muvofiq, davlatimiz mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan ko‘plab vatandoshlarimiz faxriy unvonlar, orden va medallar bilan mukofotlangan edi. Shuningdek, mamlakatimiz bilan hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shayotgan katta hissasi uchun bir guruh chet el fuqarolari “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi.