Keyingi yillarda Qoraqalpog‘istonda xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar soni uch barobar oshdi.
Bugun O‘zbekistonda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilib, odamlarni hayotidan mamnun qilish yo‘lida islohotlar amalga oshirilmoqda. Ularning muammolari hal etilmoqda, fidokorona mehnat qilayotgan, ezgu ishlar bilan yorug‘ kelajakka yo‘l ochib kelayotgan mehnatkash xalqimizning ijtimoiy-iqtisodiy farovonligini ta’minlashga qaratilgan uzoq muddatli dasturlar ishlab chiqildi. Yurtdoshlarimiz ongi, tafakkuri, dunyoqarashi o‘zgargani biz erishgan eng muhim natijalardandir. Xalq islohotlar samarasini ertaga kutmaydi, bu o‘zgarishlarni bugun ko‘rib, his qilmoqda.