Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi

O'zbekiston yangiliklari


...
ISSV: O‘zbekiston 2024 yilda hududiy investitsiya dasturlari doirasida umumiy qiymati 11,6 milliard dollar bo‘lgan 7656 ta loyihani amalga oshirishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston iqtisodiy o‘sishining asosiy tamoyillaridan biri bu respublika hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy holatini chuqur tahlil qilish natijalariga asoslangan hududiy rivojlanishning keng miqyosda va parallel ravishda amalga oshirilishi hisoblanadi. Bunda hududlarning resurs bazasi, ishlab chiqarish, transport-logistika salohiyati yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan turli xil mahsulotlarga talab o‘rganiladi.


...
Turizm O‘zbekiston iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlaridan biriga aylanib bormoqda

O‘zbekistonda turizm sohasi yuksalmoqda – uni rivojlantirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Avvalo shuni aytish kerakki, boshqa davlatlardan tashrif buyuruvchilar uchun viza tartibi soddalashtirilgan. Xususan, bugungi kunda 93 davlat fuqarolari uchun vizasiz, 56 davlat uchun elektron kirish vizasi, 47 davlat uchun besh kunlik tranzit vizasiz kirish, 76 davlat uchun turistik vizalar berishning soddalashtirilgan tartibi o‘rnatildi.


...
O‘zbekiston yordam oluvchi shaxs o‘zini jamiyatning to‘la huquqli a’zosi sifatida his qilishiga intiladi

O‘zbekistonda aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlashga qaratilgan qabul qilingan qonunlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, 1991-2016-yillarda ushbu yo‘nalishda 24 ta, 2017-2023 yillarda esa 44 ta qonun qabul qilingan. Bundan tashqari, yuzlab boshqa huquqiy hujjatlar hayotga tatbiq etilmoqda.


...
Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun roʼyxatdan oʼtish jarayoni boshlandi

Joriy yilning 2-3 may kunlari uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi (TXIF-III) boʼlib oʼtadi.


...
Аkmal Saidov BMT Inson huquqlari boʼyicha kengashi sessiyasi ishtirokchilarini iqlim oʼzgarishi va inson huquqlariga bagʼishlangan IV Samarqand forumiga taklif etdi

Oʼzbekiston vakili BMT Inson huquqlari boʼyicha kengashi sessiyasining oliy darajadagi segmentida soʼzga chiqdi


...
O‘zbekistondagi Ombudsman instituti adolat va qonuniylikning kafolati hisoblanadi

O‘zbekiston MDH davlatlari orasida birinchi bo‘lib 1995-yil fevral oyida Ombudsman institutini tashkil etdi.



...
O‘zbekiston korrupsiyaga qarshi kurashda davlat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining sa’y-harakatlarini birlashtirmoqda

Ayni paytda dunyoda korruptsiyaning zarari 3 trillion dollarga yaqin. Prezident Shavkat Mirziyoyev korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha oliy xalqaro mukofotni topshirish marosimidagi nutqida ta’kidlaganidek, “...bu katta ko‘rsatkich ishlarning asl holatini va yetkazilgan zararning real hajmini to‘liq aks ettirmaydi. Eng yomoni, jamiyatga yetkazilgan ma’naviy zarar ko‘lamini o‘lchab bo‘lmaydi”.


...
O‘zbekistonda 210 ta sanoat va tadbirkorlik yoshlar zonasi tashkil etildi

Fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishida yoshlar hamisha muhim rol o‘ynagan. Shu bois mamlakatimizda uning davlatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi faol ishtirokini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shunday qilib, 2024 yilning “Yoshlar va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilinishi ichki siyosiy jarayonlarda yosh avlodning ahamiyati e’tirof etilganidan dalolatdir.


...
"Miraki" turistik markazi o‘z investorlarini kutmoqda!

Turizm - O‘zbekistonda jadal rivojlanayotgan sohalardan biridir. Keyingi yillarda bu yo‘nalishda tub islohotlar amalga oshirildi, taqiq va cheklovlar, bir qator ruxsat beruvchi hujjatlar bekor qilindi, imtiyozli moliyalashtirish va soliq imtiyozlari joriy etildi. Ushbu chora-tadbirlar tufayli turizm sohasiga xususiy sarmoyalar keng jalb etila boshlandi – hamma joyda mehmonxonalar qurilmoqda, mehmon uylari ochilmoqda, sayyohlar bilan to‘la kafe va restoranlardan hech kim ajablanmayapti.