Yangi O‘zbekiston ruhi dunyoni tinchlik va taraqqiyot yo‘lida birlashishga da’vat etmoqda
Keyingi yillarda dunyoni kutilmagan tahdidlar, ziddiyatli munosabatlar, ekologik oqibatlar, geosiyosiy qarama-qarshiliklar va o‘zaro ishonchsizlik inqirozi tashvishga solmoqda. Bunday murakkab davrda milliy davlatchilik, hududiy va mintaqaviy xavfsizlik masalalari ham tobora jiddiylashib boraveradi. Shu ma’noda, bugun davlatlar va siyosiy yetakchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda anglashinuv, bag‘rikenglik, hamjihatlik va ishonch muhitining qaror topishi naqadar zarurligi kunday ayon.