Yangi O‘zbekistonda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi ahamiyati davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi
“Mehnatkashlar tovushi” (1918-1921) gazetasida ancha yillar avval e’lon qilingan maqolada quyidagi so‘zlar keltirilgan: “Farzandlar, yosh avlodni tarbiyalayotgan ayollarimizni ta’lim-tarbiyadan mahrum qilsak, holimiz nima bo‘ladi?
Ularning iqtidor va mahoratidan foydalanmasak-chi? ...o‘n million turkistonliklarning yarmidan ko‘prog‘ini tashkil etuvchi ayollarimizga ta’lim va bilim, ong va g‘oyani bermasak? Ajablanarlisi shundaki, ma’rifatparvar ajdodlarimizni tashvishga solgan bu jihat o‘tgan yillar davomida o‘z dolzarbligini yo‘qotgani yo‘q.