O‘zbekiston tashqi siyosatining muhim yo‘nalishi fuqarolarning joylashgan joyidan qat’i nazar huquq va manfaatlarini himoya qilishdan iborat
O‘zbekistonning tashqi siyosiy faoliyati ilg‘or demokratik davlatlar qatoriga qo‘shilish maqsadida davlat suvereniteti va mustaqilligini mustahkamlash, respublikaning xalqaro hamjamiyatdagi ta’sirini kengaytirishga qaratilgan. Siyosat asosini milliy rivojlanish strategiyasini samarali amalga oshirish tashkil etadi. Mintaqaviy tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, asosiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan muvozanatli va o‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish, iqtisodiyotni modernizatsiya qilishga yordam beruvchi tashabbuslarni ilgari surish ustuvor vazifalardan iborat.