O‘zbekiston iqtisodiyoti 2023-yilda: o‘sish ko‘rsatkichlari bir qator rivojlangan mamlakatlarnikiga mos keladi
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 2023-yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti (YaIM) hajmi amaldagi narxlarda 1 kvadrillion 66,6 trillion so‘mni tashkil etdi (2024-yil 11-mart holatiga ko‘ra, 1 dollar = 12496,4 so‘m). Iqtisodiy o'sish 2022 yil darajasiga nisbatan 6 foizni tashkil etdi. Yalpi ichki mahsulotning o‘sishi qishloq, o‘rmon, baliq xo‘jaligida – 4,1, sanoatda – 6,0, qurilishda – 6,4, savdoda – 10,2, transport, saqlash, axborot va aloqa xizmatlarida – 12,3, boshqa xizmat ko‘rsatish sohalarida – 4,5 foizga o‘sdi.