O‘zbekistonda ilm-fan va ta’lim taraqqiyot motoridir
Dunyoda ro‘y berayotgan voqealar, shiddat bilan o‘zgarib borayotgan siyosat, o‘zaro qarama-qarshiliklar to‘lqinlari ilm-fan, ta’lim, ma’naviyat masalalariga e’tiborni kuchaytirishni taqozo etadi. Zero, ma’naviy yetuk, zamonaviy bilimlarni egallagan, o‘z Vatanini sevgan kishigina taraqqiyot sharoitida yashay oladi. Yuqori intellektual saviyali avlodni tarbiyalash, uning jamiyatning barcha qatlamlariga kirib borishi sohalarning yangilanishi va rivojlanishiga olib keladi.