Biz tabiatga befarq bo‘la olmaymiz – bunga haqqimiz yo‘q
Markaziy Osiyo betakror tabiati, boy madaniyati va tarixi bilan tanilgan. Ammo so‘nggi yillarda bu mintaqa iqlim o‘zgarishining jiddiy ta’siriga duch kelmoqda. Bu yerda havo haroratining ko‘tarilishi, suv tanqisligi, cho‘llanish, tabiiy ofatlarning ko‘payishi kuzatilmoqda.