Zamonaviy dunyo globallashuv, texnologik taraqqiyot va ijtimoiy-madaniy o'zgarishlar ta'sirida tez o'zgarib bormoqda.
O‘zbekiston suveren davlat sifatida barqaror rivojlanish, fuqarolar farovonligini yuksaltirish, xalqaro maydondagi rolini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Bu maqsadlarga zamonaviy talablarga javob beradigan samarali davlat boshqaruvisiz erishib bo‘lmaydi.
Bugungi kunda globallashuv jarayonlarining jadallashuvi sharoitida insoniyat uyg‘unlik, o‘zaro ishonch va turli madaniyatlarga hurmat asosida rivojlanadigan dunyo yaratishga intilmoqda. Ishonch ikki tomonlama va ko‘p tomonlama munosabatlarda o‘zaro anglashuvni o‘rnatishning muhim omillaridan biridir.
Sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarning jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash va qonun ustuvorligini mustahkamlash borasidagi samarali faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida 2016-yilda sud-huquq tizimini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Kompleks chora-tadbirlar dasturi qabul qilindi. Ushbu Dastur qoidalari bevosita huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taalluqlidir.
O‘tgan yili keng jamoatchilik muhokamasidan so‘ng 2022-2026-yillarda Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi qabul qilindi va u keyingi bir necha yil uchun asosiy dasturiy hujjatga aylandi. Inson sha’ni va qadr-qimmatini yuksaltirish, erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, aholini keng va manzilli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, qarorlar qabul qilish jarayonida xalq ishtirokini kengaytirish yo‘li bilan davlat qurish asosiy yo‘nalishdir. Shu tariqa jamiyat va davlat hokimiyatining o‘zaro hamkorligi rivojlanishning yangi bosqichiga ko‘tarildi.
Har bir shaxsning odil sudlovga erishishga bo‘lgan huquqi uning fundamental huquqi bo‘lib, xalqaro hamjamiyat tomonidan belgilab berilgan muhim mezonlardan biri hisoblanadi.
Turkiy davlatlar tashkiloti Davlatlar rahbarlari kengashi yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga turkiy xalqlar oilasining birligini mustahkamlashga, turkiy mamlakatlarning manfaatlari va qarashlarini xalqaro maydonda faol ilgari surishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun yuksak mukofot – “Turkiy dunyoning oliy ordeni”ni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
«Biz uchun jamiyatda begona bola yo‘q va bo‘lmasligi kerak». O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan aytilgan ushbu so‘zlar davlatimiz rahbari so‘nggi yillarda ilgari surgan yoshlar masalasi bo‘yicha 20 dan ortiq milliy, mintaqaviy va xalqaro tashabbuslarning izchillik bilan hayotga tatbiq etilayotgani misolida o‘zining yaqqol amaliy tasdig‘ini topmoqda.