Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi

O'zbekiston yangiliklari


...
ЮНЕСКО Бош конференциянинг Самарқандда ўтказилиши Ўзбекистоннинг жаҳон маданий-маърифий тараққиётига қўшган ҳиссасининг эътирофидир

2023 йил ноябрь ойида Париж шаҳрида бўлиб ўтган ЮНЕСКО Бош конференциясининг 42-сессияси якунида унинг навбатдаги, 43-сессиясини 2025 йилда Самарқанд шаҳрида ўтказиш бўйича тарихий қарор қабул қилинган эди. Ушбу қарорни ташкилотга аъзо 194 давлатнинг барчаси қўллаб-қувватлади. Бу эса сўнгги йилларда мамлакатимизда амалга оширилаётган тизимли ислоҳотларга берилган юксак баҳодир. 


...
O‘zbekistonning ODTdagi ustuvor yo‘nalishlari – turkiy davlatlarning barqaror rivojlanishini ta’minlash omili

Turkiy davlatlar tashkilotining (ODT) evolyutsiyasi xalqaro ekspertlar hamjamiyatining alohida e’tiborini tortmoqda, ayniqsa barqaror rivojlanish kontekstida. Ushbu yo‘ldagi muhim voqealardan biri O‘zbekistonning 2019 yilda tashkilotga qo‘shilishi bo‘ldi, bu esa turkiy davlatlarning birgalikdagi taraqqiyoti uchun yangi imkoniyatlar shakllanishiga turtki berdi.


...
O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjonga keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga keldi.


...
TDT doirasidagi iqtisodiy tashabbuslarning amalga oshirilishi tahlili

Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) a’zoligida qisqa muddat ichida O‘zbekiston kuzatuvchidan integratsion loyihalarning asosiy tashabbuskorlaridan biriga aylandi.


...
2026 yilning 10-12-noyabr kunlari Toshkent shahrida “Ta'lim va ta'lim texnologiyalari – TaʼlimExpo/ISUE” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

 “Yangi O‘zbekiston” taraqqiyot strategiyasining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan ta'lim tizimida keng ko‘lamli islohotlar mamlakatimizda amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev ta'lim mamlakatni modernizasiya qilish, yoshlarni XXI asr muammolariga tayyorlash poydevori ekanligini qayta-qayta ta'kidladi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda yangi ta'lim standartlari faol tatbiq etilmoqda, zamonaviy maktab va oliy o‘quv yurtlari barpo etilmoqda, raqamli texnologiyalar joriy etilmoqda, talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarni tayyorlash dasturlari amalga oshirilmoqda. 2026 yilning “Yoshlarni zamonaviy kasb-hunarlarga o‘rgatish yili” deb e'lon qilinishi ramziy qadam bo‘ldi.


...
Men gina qilaman…

Albatta, maqola sarlavhasi butun mazmunga salbiy kayfiyat bag‘ishlagandek tuyulishi mumkin. Lekin bizning niyatimiz aslo malomat qilish emas. Biz o‘tmishni qoralamoqchi ham emasmiz, o‘tganlardan gina ham qilmaymiz. Shuningdek, bugungi yutuqlarimizning qadrini anglash uchun tarixning zulmatli davrlaridan misollar qidirishga ham hojat yo‘q.


...
Joriy yilning 7-9-oktabr kunlari “Oʻzekspomarkaz” MKK maydonida “Aquatherm Tashkent – 2025” koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi

Koʻrgazmada BAA, Chexiya, Eron, Germaniya, Italiya, Koreya Respublikasi, Ozarbayjon, Polsha, Qozogʻiston, Rossiya, Turkiya, Xitoy va Oʻzbekistondan 175 ta kompaniya va brendlar ishtirok etishini tasdiqladi


...
Oʻzbekiston Prezidenti dunyo mamlakatlarini oʻzaro hamjihatlik, ochiq muloqot va yaqin sheriklikka chaqirdi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha Nyu-York shahridagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining bosh qarorgohida oʻz ishini boshlagan BMT Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasi umumsiyosiy munozaralarida nutq soʻzladi


...
“Plastex Uzbekistan–2025” yubiley ko‘rgazmasi o‘z ekspozisiyasini kengaytirmoqda

“Plastmassalar sanoati – Plastex Uzbekistan 2025” 15-yubiley xalqaro ko‘rgazmasi 2025 yilning 23-25 sentyabr' kunlari “O‘zekspomarkaz” MKKning barcha ko‘rgazma maydonlarida bo‘lib o‘tadi.


...
ЎЗБЕКИСТОН – БАҒРИКЕНГЛИК ВА БИРДАМЛИК МАКОНИ

Инсонга берилган энг буюк неъмат ҳаёт бўлса, инсоният ҳамиша интилиб келган энг улуғ мақсад, бу, шубҳасиз, тинчлик ва тотувликдир. Бир-биримизга доим тинчлик-хотиржамлик, соғлик-омонлик тилашимизнинг боиси шу.