Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi

Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun roʼyxatdan oʼtish jarayoni boshlandi



Joriy yilning 2-3-may kunlari uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi (TXIF-III) boʼlib oʼtadi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi maʼlumotiga koʼra, TXIF – bu nafaqat Oʼzbekiston, balki butun mintaqa uchun muhim tadbir hisoblanadi. Аnʼanaga muvofiq, uning dasturiga davlat rahbari darajasidagi yalpi majlis, turli masalalar muhokamasiga bagʼishlangan ekspertlarning 50 dan ortiq uchrashuvlari, jumladan panelь munozaralari, davra suhbatlari va B2B muzokaralari kiritilgan.
Forumning har bir ishtirokchisi hamkorlar bilan manfaatlar kesishadigan nuqtalarini topishi, muayyan investitsiya loyihalarini oʼrganishi, oʼnlab yoʼnalishlarda roʼy berayotgan soʼnggi tendentsiyalarni muhokama qilishi va istiqbolli takliflarni qabul qilishi mumkin boʼladi.
Forum kun tartibida dunyodagi iqtisodiy turbulentlik fonida barqaror oʼsish surʼatlarini namoyish etayotgan, bosqichma-bosqich Markaziy Osiyoning haqiqiy investitsiya markaziga aylanib borayotgan Oʼzbekistonning salohiyatini namoyon etish alohida oʼrin tutadi. Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, tadbirkorlik faoliyati uchun yaratilgan qulay sharoitlar, jumladan, salmoqli imtiyoz va preferentsiyalar, investorlar huquqlarining kafolatlangan himoyasi investorlarning qiziqishini oshirmoqda.
Forum miqyosi va geografiyasi yildan-yilga oshib bormoqda:
– TXIF – 2022 (birinchi forum) forumiga 56 davlatdan 2 mingdan ortiq yirik investorlar va yuqori martabali mehmonlar tashrif buyurdi. 
– TXIF – 2023 esa oʼz maydonida 70 mamlakatdan 2500 ishtirokchini jamladi. Forum natijalarga koʼra, 11 milliard dollarlik 164 hujjat imzolandi.
2024 yilda Toshkent sayyoramizning barcha qitʼalaridan yanada koʼproq mehmonlar – investorlar, rasmiylar va tahlilchilarni qabul qilishi kutilmoqda.
www.iift.uz sayti orqali 2024-yil 25-aprelgacha onlayn roʼyxatdan oʼtish mumkin.

“Dunyo” АА



  ...