Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi

O‘zbekistonda ayollar huquqlarini ta’minlash davlat gender siyosatining ajralmas qismi hisoblanadi



Bugungi kunda dunyo davlatlarining uchdan ikki qismidan ko‘prog‘i BMTning 1979-yilda qabul qilingan “Ayollarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risida”gi konventsiyasiga a’zo bo‘lib, ayollar huquqlarini ta’minlash Barqaror rivojlanish dasturining 17 ta maqsadidan biridir. Xususan, Barqaror rivojlanish maqsadi – “Gender tengligiga erishish va barcha ayollar va qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish”. Xotin-qizlar huquqlarini ta’minlash masalalari dunyoning deyarli barcha davlatlarining konstitutsiyalarida o‘z aksini topgan, ularning qonunchiligida mustahkamlab qo‘yilgan hamda milliy rivojlanish rejalari va strategiyalarida muhim o‘rin tutadi.
 
Bu masala davlatimiz uchun alohida ahamiyatga ega. O‘tgan yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi inson huquqlari sohasidagi asosiy xalqaro hujjatlarga, jumladan, BMTning 1979-yilda qabul qilingan “Ayollarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risida”gi konventsiyasiga qo‘shildi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ayollar va erkaklarning teng huquqliligi mustahkamlab qo‘yilgan. 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, 2022-2026-yillarda Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi, O‘zbekiston Respublikasining Inson huquqlari bo‘yicha Milliy strategiyasi, 2030-yilgacha O‘zbekistonda gender tengligiga erishish strategiyasi, qabul qilish. Barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni belgilab olish inson huquqlarini taʼminlashning huquqiy asoslarini tubdan mustahkamlab, tegishli tizimli faoliyatni yoʻlga qoʻyishga xizmat qilmoqda. 2030-yilga mo‘ljallangan strategiyada xotin-qizlarning mavqeini oshirishga alohida e’tibor qaratilganini ham alohida ta’kidlash lozim. Xususan, unda “Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, davlat va jamiyatni boshqarishdagi rolini kuchaytirish” davlatimiz oldida turgan ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan. Global Barqaror rivojlanish maqsadlaridan kelib chiqib, 2030-yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalar tasdiqlandi, ular “Gender tengligini ta’minlash va barcha ayollar va qizlarning huquqlarini kengaytirish” 5-maqsadini ham o‘z ichiga oladi.


  ...